Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda vakolatli idoralarning mas’uliyatini yanada oshirish, aholiga o‘z vaqtida xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish hamda xodimlarni ijtimoiy himoya qilishbo’yicha qanday ishlar amal


Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda vakolatli idoralarning mas’uliyatini yanada oshirish, aholiga o‘z vaqtida xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish hamda xodimlarni ijtimoiy himoya qilishbo’yicha qanday ishlar amalga oshiriladi?

 

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda vakolatli idoralarning mas’uliyatini yanada oshirish, aholiga o‘z vaqtida xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish hamda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida quyidagilar amalga oshiriladi:

davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartiblari muntazam ravishda buzilishiga yo‘l qo‘yib kelayotgan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organlarda ushbu holatlarning sabablarini tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;

vakolatli idoralar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillari buzilganda ularning qonunga xilof xatti-harakatlari va qarorlari ustidan sudgacha shikoyat qilish mexanizmini yo‘lga qo‘yish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini qayta tahlil qilgan holda, davlat idoralari hamda tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ayrim xizmatlarni xususiy sektorga bosqichma-bosqich o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi mas’ul xodim tayinlanganda bu haqda Adliya vazirligini xabardor qilish tartibini joriy qilish, xodim tegishli lavozimga tayinlangandan so‘ng bir oy ichida davlat xizmatlari sohasida malaka oshirishni yo‘lga qo‘yish;

davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida samaradorlik va natijadorlikni baholash tartibini takomillashtirish hamda uni elektron shaklda amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish;

Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti va Markazlarda samarali mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatishda vakolatli organlarning ish yuklamasidan kelib chiqib, tegishli funksiyalarni ularning hududiy bo‘linmalariga (tuman va viloyat) yoki yuqori turuvchi tuzilmalariga o‘tkazish choralarini ko‘rish;

Adliya vazirligi tomonidan vakolatli organlarning davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi funksiya, vakolat hamda imkoniyatlarini tahlil qilish, xizmatlarni raqamlashtirish darajasini baholash yordamida vakolatli organlarning tarkibiy tuzilmalari salohiyatini mustahkamlash.

 

 

Angren shahar Davlat xizmatlari markazi Bo’lim

boshlig’i Zuxriddin MALIKOV