Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Davlat xizmatlarining yangi turlari va shakllarini joriy qilish, xizmatlardan foydalanish qulayligini oshirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish bo’yicha qanday ishlar amalga oshiriladi?


Davlat xizmatlarining yangi turlari va shakllarini joriy qilish, xizmatlardan foydalanish qulayligini oshirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish bo’yicha qanday ishlar amalga oshiriladi?

 

Davlat xizmatlarining yangi turlari va shakllarini joriy qilish, xizmatlardan foydalanish qulayligini oshirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish sohasida quyidagilar amalga oshiriladi:

ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik rivojlanishning joriy holati, aholi va tadbirkorlik subyektlarining ehtiyoj hamda talablaridan kelib chiqib davlat xizmatlarining yangi turlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan davlat xizmatlarini birlashtirish yoki bekor qilish choralarini ko‘rish;

davlat organlarining o‘z tashabbusi bilan fuqarolarga muayyan vaziyatda kerakli xizmatdan foydalanishni taklif qilishini nazarda tutuvchi proaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish;

fuqaroning bitta so‘rovi asosida o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlarini kompozit shaklda taqdim etishni kengaytirish;

Markazlarda o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va aholining davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish ko‘nikmasini oshirib borish;

jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inklyuziv muhitni yaratish;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazishni ularning talabnomalariga asosan joyiga chiqqan holda amalga oshirish;

FHDY organlariga elektron murojaat qilishni to‘liq yo‘lga qo‘yish, ayrim xizmatlardan foydalanish uchun arizalarni Markazlar va YIDXP orqali qabul qilish;

tug‘ilish qayd etilmagan va tug‘ilganligi haqida tibbiy ma’lumotnomasi bo‘lmagan shaxslarni soddalashtirilgan tartibda tug‘ilganligini qayd qilish bo‘yicha bir martalik aksiya o‘tkazish;

barcha turdagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining “yagona dalolatnoma” asosida yuritilishini yo‘lga qo‘yish;

jismoniy shaxslarga beriladigan ID-kartadan foydalanish infratuzilmasini rivojlantirish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda identifikatsiya va verifikatsiya vositasi sifatida uni keng qo‘llash;

Markazlarda joriy qilingan xizmatni ko‘rsatish vaqtiga qarab ularni alohida toifa (yo‘lak)larga ajratgan holda xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;

ayrim turdagi davlat xizmatlarini tijorat banklari orqali ko‘rsatish tizimini joriy etish;

Nukus shahri va viloyat markazlaridagi Davlat xizmatlari markazlari joylashgan binolarning old tomonida o‘ziga o‘zi xizmat qilish tamoyili asosida ishlovchi interaktiv infokiosklar o‘rnatish orqali 24 soat rejimida davlat xizmatlari ko‘rsatishni joriy etish;

Markazlarda xizmat natijasini avtotransport vositasidan tushmagan holda tezkor olish imkonini beruvchi “DXM drive” xizmatini yo‘lga qo‘yish;

qo‘shimcha to‘lov evaziga tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlarini ko‘paytirish;

pochta aloqa bo‘limlari orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sonini oshirib borish;

“Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tomonidan aholiga masofadan turib telefon aloqasi orqali konsalting va ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;

aholining turli ijtimoiy qatlamlari tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanishda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va ilmiy tahlil qilish;

olis aholi punktlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, shu jumladan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirgan holda, “markaz-mahalla-fuqaro” tamoyili bo‘yicha Markazlar orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlarning har bir oilaga kirib borishini ta’minlash;

har bir mahallada yashovchi aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan talabi va ehtiyojidan kelib chiqib, joylarga chiqqan holda, “mahallabay” asosida manzilli xizmat ko‘rsatish. Bu borada aholining davlat xizmatidan qoniqish darajasini oshirish;

davlat xizmatlarining respublika hududlariga kirib borganlik holatini tahlil qilish va hududlarda istiqomat qiluvchi aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan talabini o‘rganish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatish joylarida foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan minimal jihozlar, axborot texnologiyalari, operatorlar tashqi ko‘rinishi, muomala madaniyati qoidalarini o‘z ichiga olgan talablarni ishlab chiqish.

 

 

 

Angren shahar Davlat xizmatlari markazi Bo’lim

boshlig’i Zuxriddin MALIKOV