Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Biometrik pasportlaringizni ID-kartaga o'z vaqtida almashtiring


Biometrik pasportlaringizni ID-kartaga o'z vaqtida almashtiring

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risidagi nizomning 11-bandiga muvofiq, fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng pasporti bir oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim.

 

Amal qilish muddati o'tgan biometrik pasportning o'z vaqtida ID kartaga almashtirmasligi — ya'ni fuqaroning pasportsiz yoki ID-kartasiz yashashi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 223-moddasiga binoan pasport tizimi qoidalarini buzish bilan bog‘liq maʻmuriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

 

Bunday huquqbuzarlik BHMning ikkidan bir qismidan - uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

 

Eslatib o'tamiz, biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan ichki ishlar organlari yoki tegishli davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

 

Angren shahar Davlat xizmatlari markazi Bo’lim

boshlig’i Zuxriddin MALIKOV