Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?


Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

 

 

Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida” 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-son qarori asosida ko’rsatiladi.

Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

Soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

 

 

Angren shahar Davlat xizmatlari markazi Bo’lim

boshlig’i Zuxriddin MALIKOV