Янгиликлар
Xususiy notariuslik faoliyati haqida
Xususiy notariuslik faoliyati haqida
Hukumatning 369-son qaroriga muvofiq Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya olish boʻyicha Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.
Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya olish boʻyicha Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi:
Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi;
Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun 150 000 so'm (BHMning 50 %) miqdorida yigʻim undiriladi.
Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya berganlik uchun 300 000 so'm (BHMning 1 baravari) miqdorida davlat boji undiriladi.
YIDXP orqali murojaat etilganda toʻlovlarning 90 foizi undiriladi.
Angren shahar Davlat xizmatlari markazi Bo’lim
boshlig’i Zuxriddin MALIKOV