Янгиликлар
Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball toʻplagan yoshlarga xarajatlari qoplab beriladi
Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball toʻplagan yoshlarga xarajatlari qoplab beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 13-apreldagi 209-son maʼmuriy reglamentiga asosan 1-maydan boshlab 5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) boʻyicha va 2022-yil 1-yanvardan boshlab yana 13 ta imtihon tizimi boʻyicha imtihonlarda yuqori ball toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Hukumat qarori bilan Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Xarajatlarni qoplash uchun faqat imtihon topshirish paytida 31 yoshga toʻlmaganOʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilishlari mumkin boʻladi.
5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) boʻyicha kompensatsiyalar 2021-yil 1-maydan boshlab toʻlanadi, yana 13 ta imtihon tizimi boʻyicha xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan qoplanishni boshlaydi (yaʼni imtihon xarajatlari yuqorida belgilangan sanada yoki undan keyin imtihon topshirgan yoshlarga qoplab beriladi ).
Xalqaro imtihon tizimlarida sertifikat olgan yoshlar 180 kunda davlat xizmatlari markazlariga yoki YAIDXP orqali (my.gov.uz) murojaat qilishi lozim boʻladi.
DXM 10 daqiqada, YAIDXP orqali esa avtomatik tarzda hujjatlar Yoshlar ishlari agentligiga yuboriladi. Agentlik esa 15 kunda arizachining sertifikatini verifikatsiyadan oʻtkazadi.
Sertifikat haqiqiyligi tasdiqlangach, 15 kunda kompensatsiya mablagʻlari agentlik tomonidan Xalq bankiga oʻtkaziladi va ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi.
Olmaliq shaxar Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxasis – Toxtaboyev Elyor Baxtyarovich