Янгиликлар
KADASTR XUJJATINI YANGILAMOKCHIMISIZ YOKI KADASTRNI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZMOKCHIMISIZ MARXAMAT DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIGA TASHRIF BUYURING.
Kadastr xujjatini yangilamokchimisiz yoki kadastrni davlat roʻyxatidan oʻtkazmokchimisiz marxamat Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuring.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori
Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqi ushbu huquqlar mazkur Nizomga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin kuchga kiradi.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan amalga oshirilgan koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq hamda koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan boshqa ashyoviy huquqlar, shu jumladan ushbu huquqlar va ular bilan bogʻliq bitimlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi haqidagi axborot 2019-yil 1-fevraldan boshlab, axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat notarial idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmalari, shuningdek boshqa vakolatli organlar tomonidan tegishli harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda taqdim etiladi.
Kadastr yigʻmajildini birlamchi shakllantirishda koʻchmas mulk obyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan joyga chiqib xatlovdan oʻtkaziladi. Kadastr yigʻmajildini shakllantirish natijalari boʻyicha kadastr pasporti beriladi.
Kadastr pasportini berish tartibi va shakli Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Kadastr yigʻmajildini birlamchi shakllantirishda koʻchmas mulk obyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan joyga chiqib xatlovdan oʻtkaziladi. Kadastr yigʻmajildini shakllantirish natijalari boʻyicha kadastr pasporti beriladi.
Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq turi yoki egasi oʻzgarganda, kadastr yigʻmajildi faqat koʻchmas mulk obyekti mulkdorining soʻroviga koʻra shakllantiriladi.
Koʻchmas mulk obyekti mulkdorlari yoxud ushbu obyekt boʻyicha ashyoviy huquqlar egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga oʻtgan, cheklangan yoki bekor boʻlgan yoki koʻchmas mulk obyektining huquqiy holati oʻzgargan kundan boshlab bir oy muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida ariza bilan koʻchmas mulk joylashgan joydagi Davlat xizmatlari markazlariga yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali vositasida murojaat qilishlari shart.
Arizada koʻchmas mulk obyektining turi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquq, unga kadastr yigʻmajildi tayyorlangan yoki qayta rasmiylashtirilgan koʻchmas mulk obyektining nomi va u tayyorlangan sana (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Markaz ariza toʻldirilgandan keyin bir soat mobaynida uni koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradigan organga yuboradi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda:
arizani va ushbu koʻchmas mulk obyektiga kadastr hujjatlarini oʻrganadi, ularni Reestrda mavjud axborot bilan taqqoslaydi.
Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar hamda koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan boshqa ashyoviy huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos mavjudligini, uning yuridik yoki jismoniy shaxsga oʻtkazilishining qonuniyligini aniqlaydi;
umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi;
huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uchun toʻsqinlik qiladigan omillarni, bu koʻchmas mulk obyekti huquqning boshqa shaxslarga oʻtkazilishi uchun toʻsqinlik qiluvchi garovga qoʻyilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi;
boshqa shaxslardan aynan shu koʻchmas mulk obyekti boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza bor yoki yoʻqligini Reestrdan aniqlaydi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni hujjatlar kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni davomida davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi;
kadastr yigʻmajildining yoʻqligi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻxtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni boshqa asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.