Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishdagi oʻzgarishlarni bilasizmi?



Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishdagi oʻzgarishlarni bilasizmi?


KADASTR SHAKLLANTIRISH TARTIBI VA TLOVLAR

        Kadastr shakllantirmokchimisiz? Marxamat! Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuring.

   Kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun narxlar:
Koʻp kavatli uylardagi kvartira - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga koʻpaytirilgan holda;
Yakka tartibdagi turar-joy - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga koʻpaytirilgan holda;
Yer uchastkasini ajratish boʻyicha ish mavjud boʻlganda, yakka tartibda turar-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi – Bepul;
Yer uchastkasini ajratish boʻyicha ish mavjud boʻlmaganda, yakka tartibda turar-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
Noturar obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari.
Narxlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 623-son “”Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qarori bilan oʻrnatilgan.

   Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2017-yil 6-iyundagi 3-sonli qarori Koʻchmas mulk obyektlarining kadastr yigʻmajildini tayyorlash haqida;

    Ariza kelib tushgan kunning oʻzida tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi bilan yuridik va jismoniy shaxs yoki ularning ishonchli vakillari oʻrtasida kadastr yigʻmajildini tayyorlash boʻyicha shartnoma tuziladi.

    Koʻchmas mulk obyekti boʻyicha kadastr yigʻmajildi shakllantiriladi va uning natijasi boʻyicha mulkdorga kadastr pasporti taqdim etiladi. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma berish bekor qilingan boʻlib, davlat reestridan koʻchirma taqdim etilmoqda. Shuningdek, kadastr pasportini shakllantirish uy-joylar boʻyicha 3 kundan 10 kungacha muddatda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish esa 2 ish kunida amalga oshiriladi.

Agar koʻchmas mulk begonalashtirilganida obyektda hech qanday oʻzgarishlar qilinmagan boʻlsa, yangi mulkdorga qayta kadastr pasportini rasmiylashtirish talab etilmaydi. Faqatgina huquqi roʻyxatdan oʻtkaziladi va reestrdan koʻchirma taqdim etiladi. Kadastr pasportini va reestrdan koʻchirma taqdim etish jarayonlari elektron tizimda amalga oshiriladi. Fuqarolarga qulaylik yaratish, sarsongarchilik hamda korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida kadastr pasportini rasmiylashtirish va huquqni roʻyxatdan oʻtkazish uchun murojaatlar hududiy davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinmoqda.