Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

KOʻCHMAS MULKKA BOʻLGAN HUQUQLAR DAVLAT ROʻYXATIDAN QANDAY OʻTKAZILADI.


KOʻCHMAS MULKKA BOʻLGAN HUQUQLAR DAVLAT ROʻYXATIDAN

QANDAY OʻTKAZILADI.

 

 

 

     Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun 2022-yil 28-noyabrda OʻRQ-803-son bilan qabul qilingan.

Ushbu Qonunning amal qilishi koʻchmas mulkning quyidagi turlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

yer uchastkalariga,binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga,koʻp yillik dov-daraxtlarga,mulkiy majmua sifatidagi korxonaga,Ushbu Qonunning amal qilishi yer osti boyliklariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim,mulk huquqi,doimiy egalik qilish huquqi,doimiy foydalanish huquqi,meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi,ijara huquqi,ikkilamchi ijara huquqi,xoʻjalik yuritish huquqi,operativ boshqarish huquqi,koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi,bepul foydalanish huquqi,renta,ipoteka,servitu,koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qoʻyilgan (belgilangan) cheklovlar.

Binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Binoning bir qismiga (kvartiralarga, xonalarga) boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ular joylashgan binoga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Mulkiy majmua sifatida butun korxonaga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bu korxona tarkibiga kiradigan yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq boshqa shaxslarga oʻtganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishli huquq yuzaga kelganligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi,koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha organdir va

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

davlat reestrini yuritadi, davlat reestridagi axborotni ruxsatsiz foydalanilishdan, oʻgʻirlanishdan va yoʻq qilinishdan himoya qiladi;

davlat roʻyxatidan oʻtkazishga doir ishlarning yuritilishi qoidalarini tasdiqlaydi;

roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlarini egallash uchun tanlovlar oʻtkazadi, roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning reestrini yuritadi;

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha kelgusidagi harakatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchilar tomonidan bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchining yozma koʻrsatmasi asosida amalga oshiriladi.

 

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga yoki huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar, shuningdek oʻzboshimchalik bilan qurilgan binolarga va inshootlarga boʻlgan huquqlar, shu jumladan qurilish chogʻida foydalanish uchun quriladigan vaqtinchalik imoratlarga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi. Koʻchmas mulkni boʻlish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Umumiy mulk boʻlgan koʻchmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) oʻzaro kelishuviga koʻra boʻlinadi.

Boʻlish natijasida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi. Koʻchmas mulkni boʻlish uchun boʻlinayotgan koʻchmas mulkka koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

Koʻchmas mulkni boʻlish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻlinmaydi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza;

identifikatsiya qilish maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan hujjatlar, shuningdek vakolatli vakillarning hamda mansabdor shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) bitimning mazmunini ifodalovchi hujjatni imzolagan shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladigan hujjatlar.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga doir harakatlar tegishli hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga oʻtganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlash davlat reestridan koʻchirma berish orqali amalga oshiriladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Olmaliq shaxar YUXKM

Bosh yuriskonsulti                                              K.Nodirova