Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Yangi Mehnat kodeksida 15 yoshga toʻlmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzilishiga ruxsat berilmoqda.


Yangi Mehnat kodeksida 15 yoshga toʻlmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzilishiga ruxsat berilmoqda.

Yangi mehnat kodeksiga koʻra 15 yoshga toʻlmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzishga yoʻl qoʻyiladi.

Amaldagi Mehnat kodeksi 77-moddasiga koʻra, ishga qabul qilishga 16 yoshdan yoʻl qoʻyiladi. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumtaʻlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarining oʻquvchilarini ularning sogʻligʻiga hamda maʻnaviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, taʻlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni oʻqishdan boʻsh vaqtida bajarishi uchun — ular 15 yoshga toʻlganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.

Amaldagi mehnat qonunchiligi boʻyicha 15 yoshga toʻlmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yangi Mehnat kodeksi 118-moddasiga koʻra, madaniy-tomosha tashkilotlarida, televideniye, radioeshittirish tashkilotlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shuningdek professional sportchilar bilan ota-onaning har ikkisining (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsning) roziligi hamda vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan, sogʻligʻiga va maʻnaviy kamol topishiga ziyon yetkazmasdan asarlarni yaratish va (yoki) ijro etishda (koʻrgazmaga qoʻyishda) ishtirok etish uchun 15 yoshga toʻlmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzishga yoʻl qoʻyiladi. Koʻrsatilgan yoshga toʻlgan shaxslar qabul qilinishi mumkin boʻlgan ishlar, kasblar, lavozimlar roʻyxatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bunday holda xodimning nomidan mehnat shartnomasini uning ota-onasi (ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxs) imzolaydi. Vasiylik va homiylik organining ruxsatnomasida har kunlik ishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan davomiyligi hamda ish bajarilishi mumkin boʻlgan boshqa shartlar koʻrsatiladi.

Eslatib oʻtamiz Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2023-yil aprel oyidan kuchga kiradi.

 

Olmaliq shahar adliya boʻlimi boshligʻi                             A.Umarov