Янгиликлар
AHOLINI SIFATLI DORI VOSITALARI VA TIBBIY BUYUMLAR BILAN TAʼMINLASH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR BELGILANDI.
AHOLINI SIFATLI DORI VOSITALARI VA TIBBIY BUYUMLAR
BILAN TAʼMINLASH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA
CHORA-TADBIRLAR BELGILANDI.
Aholi va tibbiyot tashkilotlarining sifatli dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, sohada taʼsirchan jamoatchilik nazoratini olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, 2022-yil 18-mart kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2022-yil 26-oktyabrda PQ-411-sonli “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Unga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab ushbu Farmondagi roʻyxatda belgilangan dori vositalaridan tashqari barcha yangi dori vositalari:
klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Bunda, alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
joyiga chiqqan holda ishlab chiqarish sharoitlarining “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti — GMP” talablariga muvofiqligi oʻrganilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Quyidagilar bekor qilinadi:
retseptsiz beriladigan dori vositalarining roʻyxatini Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlash. Bunda, dori vositalarining retsept boʻyicha va retseptsiz berilishi ularning tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
dori moddalarini (substansiyalarni) davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarining roʻyxatdan oʻtkazish natijalarini tan olishda standart namunalarini talab etish;
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — shifoxonalar) bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash shifoxona orqali amalga oshiriladi. Bunda, alohida holatlarda shifoxonada bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalar va tibbiy buyumlarni ishlatishga ruxsat berish tartibi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Shuningdek bemorlarni shifoxonada dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash, dastlab respublika darajasidagi shifoxonalarda 2023-yil davomida tajriba-sinov tariqasida amalga oshirilishi va ularga xarajatlar smetasi boʻyicha ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi doirasida xarid qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar bepul, qolgan hollarda pullik asosda shifoxonaga kirim qilingan narxlarda amalga oshiriladi. Bunda, shifoxona tomonidan xarid qilinadigan dori vositalarining narxi belgilangan ulgurji referent narxlaridan yuqori boʻlmasligi lozimligi belgilangan.
2023-yil 1-iyuldan boshlab referent narxlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narxdan yuqori boʻlgan dori vositalarini sertifikatlashtirish taqiqlanadi. dori vositalarining chakana savdosida jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida 2023-yil 1-maydan boshlab:
jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dori vositalari uchun dorixonalar tomonidan taqdim etiladigan xarid chekining fiskal belgisi matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali soliq organlarining maxsus mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilganda dori vositalari narxlari Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining axborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi;
matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash natijasida dori vositalarining chakana narxlariga belgilangan ustamalar oshirib qoʻllanilganligi aniqlangan taqdirda, tegishli chora koʻrish uchun bu haqida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organiga avtomatik ravishda xabar yuboriladi;
xarid cheki boʻyicha narx dori vositasining chakana referent narxidan ortiq deb topilganda, ushbu maʼlumot asosida oʻtkazilgan tekshirish yakuniga koʻra huquqbuzardan belgilangan tartibda jarima undiriladi.
Bunda, xarid chekida sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlarning toʻliq miqdorda koʻrsatilmasligi savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish sifatida eʼtirof etiladi.
Olmaliq shaxar YUXKM
Bosh yuriskonsulti K.Nodirova