Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy vazifalari nimalardan iborat?


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy-chora tadbirlar toʻgʻrisidagi PQ-3666-sonli qarorga muvofiq quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish taʻsirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatni muvofiqlashtirish;

huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʻminlash;

huquqiy targʻibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;

davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir xilda taʻminlash boʻyicha choralarni amalga oshirish;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish boʻyicha choralarni amalga oshirish;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʻminlash yuzasidan, shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy koʻmaklashish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatilishini taʻminlash;

notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat koʻrsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat koʻrsatishini taʻminlash;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil qilishga koʻmaklashish;

maʻmuriy tartib-taomillar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ortiqcha maʻmuriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va maʻlumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;

intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish;

ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish;

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni taʻminlash;

sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha tizimli va izchil choralar koʻrish;

xalqaro-huquqiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash, xalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish;

xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini taʻminlash, xalqaro hamjamiyat, xorijiy investorlarni milliy huquq tizimi va amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida oʻz vaqtida xabardor qilish.

 

Olmaliq shahar adliya boʻlimi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi yetakchi maslahatchisi

Roʻziyev Baxtiyor