Янгиликлар
Mol-mulkni hadya va vasiyat qilish tartibi va jarayoni
Mol-mulkni hadya va vasiyat qilish tartibi va jarayoni
Fuqaroning oʼziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb eʼtirof qilinadi.
Meros qoldiruvchi (mol-mulk egasi) vasiyat qilayotgan paytida har qanday mol-mulk, hatto oʼziga tegishli boʼlmagan mol-mulk toʼgʼrisidagi farmoyishni oʼz ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga haqli (Fuqarolik kodeksining 1120-moddasi).
Koʼchmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat roʼyxatidan oʼtkazilishi kerak.
Shu sababli hadya shartnomasi va vasiyat turli narsalar hisoblanadi. Koʼchmas mulk (masalan, kvartira) hadya qilinganda u shartnoma davlat roʼyxatidan oʼtkazilgandan keyin mulkka oʼtadi. Bunda hadya qilingandan keyin hadya qiluvchining mazkur mol-mulkka nisbatan hech qanday daxli qolmaydi. Va agar kvartira hadya qilinsa, undan mahrum boʼlish xavfi mavjud. Mazkur holda hadya olayotgan shaxsning halolligiga ishonch hosil qilish kerak, xolos.
Vasiyatnoma rasmiylashtirilayotganda esa mol-mulk unda koʼrsatilgan shaxs mulkiga vasiyat qiluvchining vafoti va vorislik huquqlari rasmiylashtirilgandan keyingina oʼtadi.
Hadya oluvchi hadyadan faqat u oʼziga topshirilgunga qadar istagan vaqtida uni rad etishga haqli (FKning 503-moddasi).
Quyi Chirchiq tuman adliya
boʼlimi boshligʼi
J.I.Badalov