Янгиликлар
OPERАTSIYA UChUN TOʼLOVDА IMTIYOZ BORMI ?
OPERАTSIYA UChUN TOʼLOVDА IMTIYOZ BORMI ?
— Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi 145-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Аyollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomga asosan sizga imtiyoz beriladi. Mazkur Nizomga koʼra, “Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-
Qizlarning murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablagʼ zarur boʼlgan holatlarda tuman tibbiyot birlashmasi va sektor rahbari xulosalari bilan imtiyoz berilishi koʼzda tutilgan. Shunga koʼra, tegishli xulosa asosida tibbiy muolaja xarajatlari “Аyollar daftari”
jamgʼarmasi, Oila va xotin- qizlarni qoʼllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʼarmasi va “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi mab- lagʼlari hisobidan qoplanadi. Demak, sizga dori-darmon olib berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha, murakkab jarrohlik
amaliyotlari amalga oshirilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdordagi xarajatlar toʼlab berilishi kerak.
Joʼshqin BАDАLOV,
Quy Chirchiq tuman adliya boʼlimi boshligʼi.