Янгиликлар
Qiynoqlarga qarshi Konvensiya va Oʼzbekiston qonunlari
Qiynoqlarga qarshi Konvensiya va Oʼzbekiston qonunlari
1984-yil 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi muomala va jazolashga qarshi” (bundan keyin “Qiynoqlarga qarshi Konventsiya”) Konvensiyasini qabul qildi. Oʼzbekiston Qiynoqlarga qarshi Konvensiyaga 1995-yil 28-sentabrda qoʼshilib, unda mustahkamlangan majburiyatlarni bajarishni oʼz zimmasiga olgan. Bugunga kelib Qiynoqlarga qarshi Konvensiyaga 160 davlat qoʼshilgan. Xoʼsh, amaldagi qonunchilik qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi muomala haqida nima deydi?
1. Qiynoqqa solish taʼqiqlanadimi?
Konstitutsiyaning 26-moddasiga binoan, hech kim qiynoqqasolinishi, zoʼravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor yetilishi mumkin yemas. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi muomala yana bir necha qonun hujjatlari bilan qatʼiyan taʼqiqlanadi, jumladan Jinoyat Kodeksning 235-moddasi, Jinoyat Protsessual Kodeksning 17 moddasi va “Sudlar toʼgʼrisida”gi Qonunning 10-moddasi.
2. Qiynoq oʼzi nima?
Jinoyat Kodeksining 235-moddasiga binoan, biron xatti-harakat qiynoq yoki boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hisoblanishi uchun uch talabga javob berishi kerak:
1. Maqsad: Biror bir axborot yoki jinoyat sodir yetganligiga iqrorlik koʼrsatuvi olish, kishini sodir yetilgan qilmish uchun oʼzboshimchalik bilan jazolash yoxud biror bir harakatni sodir yetishga majburlash maqsadida;
2. Mansabdor shaxs: Mansabdor shaxs (masalan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, Ichki ishlar organi xodimi) yoki uning buyrugʼi bilan jismoniy shaxs (masalan, bir mahkumning jazoni ijro yetish muassasasi xodimi buyrugʼi bilan boshqa mahkumni qiynoqqa solishi) tomonidan; Taʼqiqlangan harakatlar: Ruhiy yoki jismoniy taʼsir koʼrsatish (masalan, qoʼrqitish, urish, doʼpposlash, qiynash, azob berish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar).
3. Qiynoqqa solishni oqlaydigan holatlar bormi?
Amaldagi qonunchilikda qiynoqlar qatʼiyan taʼqiqlanmagan boʼlsa ham, Qiynoqlarga qarshi Konvensiyaning 2-moddasi qiynoqlarni qatʼiyan taʼqiqlaydi. Oʼzbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga qoʼshilganligi uchun, uning qoidalariga amal qilish davlatning majburiyatidir. Qiynoqlarga qarshi Konvensiyaning 2-moddasiga koʼra, hech qanday favqulodda holat, jumladan urush yoki urush xavfi, ichki siyosiy beqarorlik yoki boshqa har qanday favqulodda tahdid, qiynoqqa solishni oqlashi uchun qoʼllanishi mumkin yemas. Shu bilan birga, yuqori turuvchi xodim yoki organ tomonidan berilgan qiynoqlarni qoʼllash toʼgʼrisidagi buyruq qiynoqlarni oqlash uchun qoʼllanishi mumkin yemas.
4. Qiynoqlarni qoʼllash bilan tanilgan davlatga yekstraditsiya qilish mumkinmi?
Jinoyat-Protsessual Kodeksning 601-moddasiga binoan, Oʼzbekiston Respublikasi hududida boʼlgan shaxsni ushlab yekstraditsiya qilish qonuniy boʼlishi uchun, yektraditsiya soʼrovini yuborgan xorijiy davlat topshirilgan shaxsni qiynoqlarga, zoʼravonlikka, shafqatsiz yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi muomalaga duchor yetilmasligini va unga nisbatan oʼlim jazosi qoʼllanilmasligini kafolatlashi
kerak.
5. Qiynoqlarni qoʼllagan mansabdor shaxsga qanday jazo belgilangan?
Jinoyat Kodeksining 235-moddasiga koʼra, mansabdor shaxs kishini qiynoqqa solgani yoki boshqa turdagi shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalada boʼlgani uchun quyidagicha jazolanishi mumkin:
— Qiynoq yoki shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala uchun, — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
— Yuqoridagi harakat hayot va sogʼliq uchun xavfli boʼlgan zoʼrlikni qoʼllagan holda yoki shunday zoʼrlikni qoʼllash tahdidi bilan; milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab boʼyicha; bir guruh shaxslar tomonidan; takroran; voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon boʼlgan ayolga nisbatan sodir yetilgan boʼlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
— Yuqoridagi harakatlar badanga ogʼir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa ogʼir oqibatlarga sabab boʼlsa,
— muayyan huquqdan mahrum yetib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Аbdulaziz Kazimbayev,
Quyi Chirchiq tuman adliya boʼlimi yetakchi maslahatchisi.