Янгиликлар
“Ustamalar faqat chet tili oʼqituvchilariga toʼlanadimi...?”
“Ustamalar faqat chet tili oʼqituvchilariga toʼlanadimi...?”
Fuqarolarga “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022 yildagi PF-134-son Farmoni 9-bandiga koʼra xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʼlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʼshimcha ustama toʼlanishi belgilangan.
Ushbu farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022 yil 29 iyulda 34 q/k, 15-xx sonli qoʼshma qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq oʼqituvchi bir nechta sertifikatga ega boʼlgan taqdirda, unga ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat boʼyicha toʼlanadi.
Ushbu qarorga muvofiq ustamalar har bir fan boʼyicha belgilangan.
Misol uchun ona tili va adabiyot fani oʼqituvchisi ustama olish uchun Pedagog kadrlarning umumtaʼlim fanlar boʼyicha bilim darajasi va kasbiy mahoratni baholash darajasi toʼgʼrisidagi sertifikatining eng kam 71 ballik darajasini olganda unga 50 foiz ustama toʼlanadi”
Kazimbayev Abdulaziz
Quychirchiq tuman adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi