Янгиликлар
Assalomu alaykum. Mening hayfsanim bor. Shuning uchun 8-dekabr uchun bayram puli berilmadi. Shu to’g’rimi?
Assalomu alaykum. Mening hayfsanim bor. Shuning uchun 8-dekabr uchun bayram puli berilmadi. Shu to’g’rimi?
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 180-moddasi 4-qismiga ko‘ra intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi. Diqqat! Lekin 180-moddasi 3-qismiga ko‘ra ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmasligi belgilangan. Shunday ekan, mukofot puli korxonada o‘rnatilgan mehnat haqi tizimi bo‘yicha to‘lansa, bu to‘lov intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan xodimlarga to‘lanishi mumkin bo‘ladi. Aksincha, agar mukofot puli korxona-tashkilotning mehnat haqi tizimiga kiritilmagan bo‘lsa, u holda bu to‘lov rag‘batlantirish chorasi sifatida intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida to‘lanmaydi. Demak, mukofot puli rag‘batlantirish turiga kirish-kirmasligi har bir aniq holatda korxona-tashkilotlarda xodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan tarzda o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lash tizimidan kelib chiqadi
Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuristkonsulti M.Klichbayev