Янгиликлар
Assalomu aleykum Bitta savolim bor edi, shunga javob topib bersangiz imkon bo`lsa. Xodimni bir oyda nechi marotaba dam olish va bayram kunlari ishga jalb qilinishi mumkin? Ayrim xodimlarni har shanba va yakshanba kunlariga xodimlarning roziligini olgin ho
Assalomu aleykum Bitta savolim bor edi, shunga javob topib bersangiz imkon bo`lsa. Xodimni bir oyda nechi marotaba dam olish va bayram kunlari ishga jalb qilinishi mumkin? Ayrim xodimlarni har shanba va yakshanba kunlariga xodimlarning roziligini olgin holda albatta buyruqqa asosan jalb qilish masalasida maslahatingiz kerak edi. Chunki qonunchilikda ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida to‘rt soatdan va yiliga 120 soatdan oshmasligi to‘g‘risida yozilgan xolos.
Mehnat kodeksining 125-moddasiga asosan, ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida to‘rt soatdan (mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda - bir kunda ikki soatdan) ortiq bo‘lmasligi lozim. Masalan, siz xodimni shanba kuni 1,5 soat ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilgan bo‘lsangiz, yakshanba kuni 2,5 soatga jalb qilishga haqlisiz. Har qanday holatda ikki kunda 4 soatdan oshiq bo‘lishi mumkin emas. Mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda esa bir kunda ikki soatdan ortiq muddat xodimni ishlatish mumkin emas. Bir oylik muddat bilan bog‘liq savolingizga javob berar ekanmiz, siz xodimni yuqoridagi talablar asosida shanba, yakshanba kunlari ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilishingiz mumkin bo‘ladi. Qonunchilik ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilishning oylik meʼyori yoki chegarasini belgilamagan. Biroq sizga xodimni bir oyda necha marta ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilishingizdan qatiy nazar, bir yillik muddatda ishga jalb qilishlarga ajratilgan limit yuz yigirma soatdan oshib ketishga haqqingiz yo‘q. Siz Mehnat kodeksining 125-moddasi talablari asosida 120 soatlik muddatni surunkasiga ikki kun davomida ishlash ruxsat etilgan muddatga taqsimlagan holda xodimni ishga jalb qilishingiz mumkin.
Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuristkonsulti M.Klichbayev