Янгиликлар
Assalomu alaykum. Aytingchi xodimga agar oylik maoshlari noto‘g‘ri hisoblanib ko‘p oylik chiqarilgan bo‘lsa va ish beruvchi tomonidan noto‘g‘ri hisoblab to‘langan oyliklar qayta undirib olinishi to‘g‘rimi? Agar xodim ishdan bo‘shayotgan vaqtda sizning
Assalomu alaykum. Aytingchi xodimga agar oylik maoshlari noto‘g‘ri hisoblanib ko‘p oylik chiqarilgan bo‘lsa va ish beruvchi tomonidan noto‘g‘ri hisoblab to‘langan oyliklar qayta undirib olinishi to‘g‘rimi? Agar xodim ishdan bo‘shayotgan vaqtda sizning qarzingiz bor ekan deb mehnat daftarchasini bermasligi va qarzdorlikni to‘lab berishini talab qilishi mumkinmi? Javob uchun oldindan raxmat.
Mehnat kodeksining 279-moddasiga asosan, ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan, shu jumladan qonunni noto‘g‘ri qo‘llanish oqibatida to‘langan ortiqcha ish haqi qayta undirib olinishi mumkin emas, hisob-kitobda yo‘l qo‘yilgan xato oqibatidagi ortiqcha to‘lovlar bundan mustasno. Yaʼni agar xodimga hisob-kitobda arifmetik xatolarga yo‘l qo‘yilgani natijasida ortiqcha summa to‘langan bo‘lsa, u qaytarilishi lozim. Xodimga u bergan yolg‘on maʼlumotlari yoki taqdim etgan soxta hujjatlari oqibatida to‘langan summalar undan sudning qarori yoki hukmi asosida undirib olinadi. Mehnat kodeksining 164-moddasiga binoan, odatda xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, - sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinadi. Mehnat kodeksining 188-moddasigasiga asosan, xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan barcha hollarda shuningdek, mehnat daftarchasini berish kechiktirilganligida ololmay qolgan ish haqini ish beruvchi unga to‘lashi shart. Mehnat kodeksining 207-moddasiga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda yetkazilgan zarar summasi aybdor xodimdan ish beruvchining farmoyishiga muvofiq undiriladi. Farmoyish zarar yetkazilganligi aniqlangan kundan boshlab bir oy ichida chiqarilishi mumkin. Yetkazilgan zararning xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan summasi uning o‘rtacha oylik ish haqidan oshib ketsa yoki zarar aniqlangan kundan keyin bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa, zarar sud tartibida undiriladi.
Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuristkonsulti M.Klichbayev