Янгиликлар
Assalomu aleykum.Bizda tashqi o'rindoshlik asosida ishlab kelayotgan xodim asosiy ish joyidan bo'shadi shunda bizga asosiy ishchi bo'lib o'tadimi u bilan yana shartnoma tuziladimi. Buyruq hujjatlarini qay tartibda qilish zarur.
Assalomu aleykum.Bizda tashqi o'rindoshlik asosida ishlab kelayotgan xodim asosiy ish joyidan bo'shadi shunda bizga asosiy ishchi bo'lib o'tadimi u bilan yana shartnoma tuziladimi. Buyruq hujjatlarini qay tartibda qilish zarur.
Ko‘pchilik o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodim asosiy ish joyidan bo‘shasa, o‘rindoshlik joyida avtomatik asosiy xodimga aylanib qoladi deb o‘ylaydi. Bu xato. Mehnat kodeksning 73-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qaroriga 1-ilovaga ko‘ra o‘rindoshlik mehnat shartnomasining zaruriy shartidir. MK 88-moddasiga ko‘ra esa, Mehnat shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi. Mehnat shartlarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo‘lsa, shunday tartibda amalga oshiriladi. Demak, bundan kelib chiqadiki, o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodim asosiy ish joyidan bo‘shasa, o‘rindoshlik joyida avtomatik asosiy xodimga aylanib qolmaydi. Bu taraflar kelishuviga ko‘ra hal qilinadi. Yaʼni xodim ham, ish beruvchi ham rozi bo‘lsagina asosiy ish joyidan bo‘shagan o‘rindosh asosiy xodimga aylanishi mumkin. Xo‘sh, buni rasmiylashtirish qanday amalga oshiriladi? Bunda xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish yuzasidan qo‘shimcha kelishuv qilinadi. Mehnat kodeksning 96-moddasiga ko‘ra, mehnat shartlarini o‘zgartirish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini o‘zgartirish haqida buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgartishlar asos bo‘ladi.
Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuristkonsulti R.Tuxtayev