Янгиликлар
Assalomu aleykum. Korxonaning tugatilishi oqibatida xodimni ishga tiklash imkoniyati bo‘lmagan holatda, sud mehnat shartnomasining bekor qilinishini noto‘g‘ri deb topib, tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatish haqida qaror qilgan organga, zarur holla
Assalomu aleykum. Korxonaning tugatilishi oqibatida xodimni ishga tiklash imkoniyati bo‘lmagan holatda, sud mehnat shartnomasining bekor qilinishini noto‘g‘ri deb topib, tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatish haqida qaror qilgan organga, zarur hollarda esa huquqni qabul qiluvchiga qanday majburiyatni yuklashi mumkin?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 49-bandiga ko’ra, xodim bilan mehnat shartnomasi qonunga xilof asoslarda bekor qilingan yoki bu yuzasidan o‘rnatilgan tartib buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, ammo korxonaning tugatilishi oqibatida xodimni ishga tiklash imkoniyati bo‘lmagan holatda, sud mehnat shartnomasining bekor qilinishini noto‘g‘ri deb topib, tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatish haqida qaror qilgan organga, zarur hollarda esa huquqni qabul qiluvchiga majburan bo‘sh yurgan vaqt (progul) uchun unga 1 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ish haqi to‘lash majburiyatini yuklaydi. Shu bilan birga sud xodim bilan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismining 1-bandi bo‘yicha korxonaning tugatilishi tufayli bekor qilingan deb topadi. Bunday xodim mehnat shartnomasi korxonaning tugatilishi (Mehnat kodeksining 67-moddasi) munosabati bilan beriladigan qo‘shimcha moddiy yordam berish kafolatidan foydalanadi.
Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuristkonsulti R.Tuxtayev