Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Assalomu alaykum! Bir fuqaro 3 oylik dastlabki sinov muddati bilan ishga qabul qilinsa va mehnat shartnomasi tuzilsa, keyin 3 oylik sinov muddatini qoniqarsiz o‘tagan bo‘lsa. Ushbu fuqaro bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-


Assalomu alaykum! Bir fuqaro 3 oylik dastlabki sinov muddati bilan ishga qabul qilinsa va mehnat shartnomasi tuzilsa, keyin 3 oylik sinov muddatini qoniqarsiz o‘tagan bo‘lsa. Ushbu fuqaro bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 2-bandi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi bilan bekor bo‘ladimi yoki hali rasmiy xodim bo‘lmagani uchun ish beruvchi dastlabki sinov muddatini qoniqarsiz o‘tagani uchun o‘z ixtiyori bilan bekor qilishi mumkinmi ?

Avvalo mehnat qonunchiligida rasmiy yoki norasmiy xodim tushunchasi yo‘q. Dastlabki sinov bilan ishga olinganlarga ham mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va korxonada o‘rnatilgan mehnat shartlari to‘liq tatbiq etiladi. Yaʼni sinov davri mehnat stajiga kiritiladi. Dastlabki sinovdagilar ham oylik, bayram puli, mukofotlar oladi yoki ularga ham intizomiy jazolar qo‘llaniladi.                           Shartnomani bekor qilish masalasiga kelsak, Sizning holatingizda shartnoma 100-moddasi 2-qismi 2-bandi bilan emas, balki 87-modda bilan bekor qilinadi. Mehnat kodeksining 107-moddasiga eʼtibor qaratsangiz 87-modda ham mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan biri hisoblanadi. Demak dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni 3 kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.                                      Bunday holda ish beruvchi mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lgandagina bekor qilishi mumkin. Xullas sinov davrida ish beruvchi yoki xodim tashabbusi bilan shartnoma bekor qilinsa asos 100-modda 2-qismi 2-band yoki 99-modda emas balki 87-modda hisoblanadi.

 

 

 

Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

boshyuristkonsulti                                                                            R.Tuxtayev