Янгиликлар
Xodimimiz o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi uchun u bilan mehnat shartnomasini 100-modda 2-qism 3-bandi bilan bekor qilgan edik. Lekin kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligini olmaganligimiz uchun sud xodimni ishga tikladi. Bu xodimni endi
Xodimimiz o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi uchun u bilan mehnat shartnomasini 100-modda 2-qism 3-bandi bilan bekor qilgan edik. Lekin kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligini olmaganligimiz uchun sud xodimni ishga tikladi. Bu xodimni endi qaytadan kasabani roziligini olib ishdan bo‘shatsak bo‘ladimi?
Mehnat kodeksining 101-moddasiga ko‘ra, basharti jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo‘lsa, shartnomani bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi (istisnoli holatlar ham mavjud). Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Mehnat intizomini buzganlik uchun (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari) mehnat shartnomasini ish beruvchi tomonidan bekor qilishga intizomiy jazolarni qo‘llanish uchun belgilangan muddatlar (182-modda) o‘tib ketgandan keyin yo‘l qo‘yilmaydi. Demak, yuqoridagilardan xulosa qilib aytsak, xodim ishga tiklangach Siz xodim bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligini olib mehnat shartnomasini 100-modda 2-qism 3-bandi bilan bekor qilishingiz mumkin. Faqatgina bitta muhim qoida yoddan chiqmasin! Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki taʼtilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan 1 oy ichida qo‘llaniladi. Lekin amaliyotda g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodim sudga murojaat qilib, sud jarayoni yakuniga yetguncha 1 oylik muddat o‘tib ketishi mumkin. Agar 1 oylik muddat o‘tib ketmagan bo‘lsa, yuqoridagi qoidalarga rioya qilgan holda ishdan bo‘shatishingiz mumkin. Аgar xodim ishga tiklanganidan so‘ng yana ichki tartibni buzsa xam shu taʼrif bilan bo‘shatish mumkin, avvalgi amal qilib turgan intizomiy choralar, taʼsir choralari ham o‘z kuchida qoladi
Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuristkonsulti J.Nishonov