Янгиликлар
Assalom aleykum men xususiy firmada bosh hisobchi bo‘lib ishlar edim xozir budjet tashkilotiga bosh hisobchi lavozimiga ishga qabul qilindim.Men o‘zimning eski firmamda ham o‘rindoshlik asosida bosh hisobchi bo‘lib ishlay olamanmi. Qonuniy jihatdan bu qa
Assalom aleykum men xususiy firmada bosh hisobchi bo‘lib ishlar edim xozir budjet tashkilotiga bosh hisobchi lavozimiga ishga qabul qilindim.Men o‘zimning eski firmamda ham o‘rindoshlik asosida bosh hisobchi bo‘lib ishlay olamanmi. Qonuniy jihatdan bu qanchalik to‘g‘ri
Mazkur savolga javob berar ekanmiz, dastavval o'rindoshlik to'g'risidagi qonun hujjatlari bilan tanishib chiqishimiz lozim. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga asosan o‘rindoshlik asosida ishlash — xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishidir. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, siz hozirgi ishingizdan bo'sh vaqtingizda xususiy korxonada o'rindoshlik asosida ishlashingiz mumkin. Ikkinchi masala sifatida buxgalterning o'rindoshlik asosida ishlashi mumkinmi? O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 13-aprelda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga asosan, bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbaridir. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bevosita buxgalteriya hisobi subyektining rahbariga bo‘ysunadi. Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha talablari buxgalteriya hisobi subyektining barcha xodimlari uchun majburiydir. Mazkur qonunda bugalterga o'rindoshlik asosida ishlashga qo'yilgan aniq cheklov nazarda tutilmagan. Xulosa o'rnida aytamizki, asosiy ish joyingizdan bo'sh vaqtda siz boshqa korxonada ham buxgalter bo'lib ishlashga haqlisiz.
Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuristkonsulti J.Nishonov