Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Assalomu alaykum.Men boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'lib 31 yildan buyon ishlab kelmoqdaman. Lekin,o'rta maxsus ma'lumotga ega edim. Ayni damda 51 yoshimda Andijon Davlat Universitetini sirtdan tamomladim.2021- yilda oliy ma'lumotga erishdim. Bugun Vazi


Assalomu alaykum.Men boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'lib 31 yildan buyon ishlab kelmoqdaman. Lekin,o'rta maxsus ma'lumotga ega edim. Ayni damda 51 yoshimda Andijon Davlat Universitetini sirtdan tamomladim.2021- yilda oliy ma'lumotga erishdim. Bugun Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646- sonli qarorini o'qib, OTM ni tamomlagan oliy ma'lumotli pedagogga to'g'ridan to'g'ri 2- toifa berilsin degan bandni tushundim va bu haqda rahbariyatimga aytdim. Ular,bunday emas,deb rad etishdi. Iltimos,oydinlik kiritib bersangiz,oldindan rahmat.

Yuqorida siz aytib o’tgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son “Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi belgilangan.                                                                                               O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandiga asosan, oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi beriladi.                   Qarorga muvofiq magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek, oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) beriladi.

 

 

 

 

Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

boshyuristkonsulti                                                                            J.Nishonov