Янгиликлар
Assalomu aleykum. Men Toshkent davlat yuridik universiteti 4-kurs talabasiman. Hozir o’zim ishlayotgan tashkilotda amaliyot o’tamoqdaman. Shu tashkilotda to’liq stavka ishlasam bo’ladimi, chunki baribir kun bo’yi shu yerdamanku?
Assalomu aleykum. Men Toshkent davlat yuridik universiteti 4-kurs talabasiman. Hozir o’zim ishlayotgan tashkilotda amaliyot o’tamoqdaman. Shu tashkilotda to’liq stavka ishlasam bo’ladimi, chunki baribir kun bo’yi shu yerdamanku?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus taʼlim vazirining “Oliy taʼlim to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-sonli buyrug‘i (afsuslar bo‘lsinkim, ushbu hujjat rus tilida, https://www.lex.uz/docs/327039) 50-bandiga muvofiq kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. Yaʼni mehnat qonunchiligiga ko‘ra talaba faqat taʼlimdan bo‘sh vaqtida ishlash huquqiga ega. “Yuridik taʼlim muassasalari (harbiy, maxsus oliy taʼlim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv va bitiruv malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (https://lex.uz/docs/2308284#2309161) ga ko‘ra, amaliyot — nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikma va mahorat hosil qilish, amaliyotda ishlashga tayyor bo‘lishni taʼminlashga qaratilgan o‘quv jarayonining bir qismi. Etibor bering, amaliyot o‘quv jarayonining bir qismidir. Demak, Siz amaliyotdan bo‘sh vaqtingizdagina ishlay olasiz. Yaʼni amaliyot va ishni birdek qo‘shib yubora olmaysiz. Chunki amaliyot davrida Siz mehnat funksiyalaringizni emas, amaliyotni o‘tash dasturini bajarish reja-jadvalida ko‘rsatib o‘tilgan ishni bajarasiz.
Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuristkonsulti Sh.Abdurahmonov