Янгиликлар
Assalomu aleykum. Bizning maktabda barcha xodimlar metallolom topshirishimiz kerakligini aytishdi. Shu to’grimi ?
Assalomu aleykum. Bizning maktabda barcha xodimlar metallolom topshirishimiz kerakligini aytishdi. Shu to’grimi ?
Mazkur holat mutlaqo g‘ayriqonuniydir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-sonli qaroriga ko‘ra (https://lex.uz/docs/3730223) barcha darajalardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari fuqarolarni, jumladan, taʼlim, sog‘liqni saqlash muassasalari, boshqa budjet tashkilotlari xodimlarini, taʼlim muassasalari o‘quvchilari va talabalarni majburiy mehnatga, shu jumladan tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari, metall chiqindilari va makulatura yig‘ish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga jalb qilish holatlarining zudlik bilan oldini olish va bunga chek qo‘yishlari shartligi belgilangan. Agar mansabdor shaxslar tomonidan yuqoridagi qonunbuzilish holatlari sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha (27 million) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK 51-moddasi). Аgar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha (40 million 500 ming) miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi (JK 148-2-moddasi).
Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuristkonsulti Sh.Abdurahmonov