Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Assalomu alaykum savolim bor edi. Bir tashkilotda (Obodon) er-xotin ishlaydi. Er vafot etdi. Ushbu tashkilotning jamoa shartnomasida xodim vafot etsa MHT eng kam miqdorining 2 baravari miqdorida moddiy yordam berilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, Jamo


Assalomu alaykum savolim bor edi. Bir tashkilotda (Obodon) er-xotin ishlaydi. Er vafot etdi. Ushbu tashkilotning jamoa shartnomasida xodim vafot etsa MHT eng kam miqdorining 2 baravari miqdorida moddiy yordam berilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, Jamoa shartnomasida xodimning yaqin qarindoshi vafot etsa, ushbu xodimga moddiy yordam sifatida moddiy rag'batlantirish hisobidan 1 oklad miqdorida to'lov berilishi nazarda tutilgan. Yuqoridagi holatda vafot etgan xodimning xotini yuqoridagi 2 ta asos bilan ham pul olishi mumkinmi ?

Mehnat kodeksi 30-moddasiga ko’ra jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy prinsiplari quyidagilardir:

qonunchilik normalariga amal qilish;

taraflar vakillarining vakolatliligi;

taraflarning teng huquqliligi;

jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va muhokama erkinligi;

majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi;

olinayotgan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlash;

tekshirib borishning muntazamligi;

javobgarlikning muqarrarligi.

Ish beruvchi jamoa shartnomasida ixtiyoriy ravishda majburiyatlar olganmi, demak, olingan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlashi ham shart. Shuningdek, Mehnat kodeksi 34-moddasiga ko’ra, jamoa shartnomasi, kelishuvi majburiyatlarini buzganlik va bajarmaganlik mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi tariqasida baholanadi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi (Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bo’yicha javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.                                              Demak, yuqoridagi holatda xodim jamoa shartnomasidagi MHT eng kam miqdorining 2 baravari hamda okladining 1baravari miqdoridagi moddiy yordamni olishga haqli deb hisoblaymiz.

Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

boshyuristkonsulti                                                                 Sh.Abdurahmonov