Янгиликлар
Assalomu alaykum. Men tarbiya muassasasi direktoriman. Hozirda kutubxonachilikka vakant ish o‘rni bor. Lekin bir xodimni ishga olishda muammo bo‘lyapti. Muammo shundaki, ishga kirmoqchi bo‘lgan nomzod mening singlim. Men uni ishga olsam bo‘ladimi. Chunki
Assalomu alaykum. Men tarbiya muassasasi direktoriman. Hozirda kutubxonachilikka vakant ish o‘rni bor. Lekin bir xodimni ishga olishda muammo bo‘lyapti. Muammo shundaki, ishga kirmoqchi bo‘lgan nomzod mening singlim. Men uni ishga olsam bo‘ladimi. Chunki Mehnat qonunchiligi bo‘yicha yaqin qarindoshlarning bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari mumkin emasku. Savolimga aniq va qonuniy javob berasiz degan umiddaman. Oldindan raxmat.
Mehnat kodeksining 79-moddasiga ko‘ra o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi. Biroq, bu qoidadan istisnolar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanishi mumkin. E`tibor bering, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 133-son qarorining 3-ILOVASIDA: Mehnat kodeksining 79-moddasida nazarda tutilgan qarindosh-urug‘larning, agar ularning xizmatlari ulardan birining boshqasiga bevosita bo‘ysunishi yoki nazorati ostida bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa, birga xizmat qilishlarini cheklash qoidalaridan istisno etilishi mumkin bo‘lgan xodimlari RO‘YXATIdan biri sifatida barcha o‘quv va tarbiya muassasalaridagi pedagog xodimlar, o‘qituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar keltirilgan. Demak, Siz ushbu nomzodni ishga qabul qilishingizda hech qanday cheklov yo‘q. Yaʼni tarbiya muassasasida opa-singillarning biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilishi mumkin.
Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshlig`i M.Shamatov