Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Assalomu aleykum. Men xamshira bulib ishliyman kovidga analiz topshirganman yaxshi chikkanligiga karamay meni ishjoyimdan chetlatib karantinga kuyishdi yolgon tuxmat kilgani uchun qanaka chora bor.


Assalomu aleykum. Men xamshira bulib ishliyman kovidga analiz topshirganman yaxshi chikkanligiga karamay meni ishjoyimdan chetlatib karantinga kuyishdi yolgon tuxmat kilgani uchun qanaka chora bor.

Mehnat kodeksining 113-moddasiga asosan, xodimni ishdan chetlashtirishga, qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, yo‘l qo‘yilmaydi. Alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelgan xodim shu kuni (smenada) ishga qo‘yilmaydi. Xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiya tavsiyalarini bajarmagan taqdirda, ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqlidir.                                                                                            Qonun normasini sodda qilib tushuntiradigan bo'lsak, ish beruvchi sizda Covid-19 infeksiyasi mavjudligi yoki yo'qligi to'g'risida tibbiy komissiyadan o'tishni talab qilishga haqli. Agar sizda kasallik aniqlanmasa, ish beruvchi sizni ishga qo'yishga majbur.                                                                                     Mehnat kodeksining 113 hamda 188-moddalariga asosan, xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan barcha hollarda ololmay qolgan ish haqini ish beruvchi unga to‘lashi shart.                                        Demak ish beruvchi sizni bekor yurgan davrlaringiz uchun haq to'lashi va infeksiya aniqlanmaganligi to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnoma asosida sizni ishga qo'yishga majbur.                                                                                                      Jazo yuzasidan savolingizga to'xtalar ekanmiz, ushbu vaziyatda ish beruvchida quyidagicha javobgarlik kelib chiqadi:                                                       Agar bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatgan bo'lsa Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 40-moddasiga asosan, tuhmat uchun javobgar bo'ladi.                                                                          Shu bilan birga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 49-moddasiga asosan, mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortiladi.

 

Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

boshlig`i                                                                              M.Shamatov