Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi(kuchga kirish sanasi 30.04.2023 yil)da Mehnat shartnomasini taraflarning xohish irodasiga ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko`ra bekor qilish: asosiy yangiliklar to`g`risida


Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi(kuchga kirish sanasi 30.04.2023 yil)da Mehnat shartnomasini taraflarning xohish irodasiga ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko`ra bekor qilish: asosiy yangiliklar to`g`risida

 

 

Amaldagi MKdagi “mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bekor qilinishi” degan 106-moddasi, yangi tahrirdagi MKning 168-moddasida “mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bekor qilish” deb nomlanmoqda.

Yangi MKning168-moddasi 5-bandi. Bunga ko‘ra, qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganda mehnat shartnomasi taraflarning hoxish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Bunday holatlarga xodimning tibbiy xulosaga muvofiq mehnat faoliyatiga to‘liq qobiliyatsiz deb e’tirof etilganligi, davlat sirlaridan foydalanish huquqi bekor qilinganligi, agar bajarilayotgan ish shunday foydalanish huquqini talab qilsa, muayyan ishni bajarishga doir ruxsatnomadan yoki lisenziyadan mahrum etilganligi va boshqalar kiradi. Tibbiy xulosaga ko‘ra mehnat faoliyatiga to‘liq qobiliyatsiz bo‘lishi deyilmoqda. Bu asos amaldagi MKda mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bekor qilish asoslaridan biri (100-modda 2-qism 2-band) sifatida qayd etilgan edi. Yangi MKda esa bu holat: mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusi bilan emas, taraflarning hoxish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bekor qilish asoslaridan biriga o`zgartirilmoqda. Shuningdek, davlat sirlaridan foydalanish huquqi bekor qilinganligi, yoki muayyan ishni bajarishga doir ruxsatnomadan yoki lisenziyadan mahrum etilganligi kabi holatlar ham yangi asoslar sifatida taraflarning hoxish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bekor qilishga sabab bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi yangilikka to`xtaladigan bo`lsak, 168-moddaning 6-bandi, ya’ni tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi sababli mehnat shartnomasini bekor qilish. Amaldagi MKning 100-moddasi 2-qismi 1-bandida mehnat shartnomasini korxona tugatilganligi munosabati bilan bekor qilish ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bekor qilish amaliyoti hisoblanadi. Yangi MKda 161-modda ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga bag‘ishlangan. Mazkur moddaning 2-qismi 1-bandida mehnat shartnomasini aynan tashkilot tugatilganligi munosabati bilan ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bekor qilish asosi kelirilgan. Lekin, bundagi tugatish deganda tashkilotni muassis, ishtirokchi yoki vakolatli organ qarori bilan tugatish, ya’ni ixtiyoriy tugatish jarayoni nazarda tutilyapti. Yangi MKning 168-moddasi 6-bandida esa, tashkilotni sud qarori bilan tugatish, ya’ni majburiy tugatish holatlari ko‘zda tutilmoqda. Yangi MK bo‘yicha: xodimlar korxona ixtiyoriy tugatilganda 161-moddaga ko‘ra ish beruvchi tashabbusi bilan bo‘shatilsa, korxona sud qarori bilan majburan tugatilganda, 168-moddaga ko‘ra taraflarning hoxish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bo‘shatiladi.

Yangi MKning168-moddasi 7-bandi, ya’ni xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarori bekor qilinganligi yoki Davlat mehnat inspeksiyasining qarori bekor qilinganligi yoki qonunga xilof deb e’tirof etilganligi. Masalan, xodim sudda yutib sud qarori bilan o‘zining ishiga tiklanadi. Keyingi instansiya sudlarida ish beruvchi yutgan holatlarda quyi sudning qarori bekor qilinadi. Ish beruvchi bunday holatlarda ishga tiklangan xodimni 168-moddadagi 7-bandiga asosan ishdan bo‘shatadi. Ya’ni, xodim bilan mehnat shartnomasi taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha MK 168-modda 7-bandiga asosan “ishga tiklash haqidagi sud qarori bekor qilinganligi” munosabati bilan ishdan bo‘shatadi.

 

Yangiyo`l tumani adliya bo`limi yuridik

xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                 I.Roziqov  

                                                                                              05.12.2022 yil