Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Bola taʼminoti uchun toʻlanadigan aliment miqdori qancha boʻlishi lozim?


Bola taʼminoti uchun toʻlanadigan aliment miqdori qancha boʻlishi lozim?

                                                                                      

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 99-moddasida agar voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, ularning taʼminoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — toʻrtdan bir qismi; ikki bola uchun — uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. Bu toʻlovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa eʼtiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki koʻpaytirilishi mumkin.

Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam boʻlmasligi belgilangan.

Shuningdek, Oila kodeksining 102-moddasida ota-onadan bolalarga undiriladigan aliment miqdorini aniqlash tartibi belgilangan boʻlib ungna koʻra, ota-onadan bolalarga undiriladigan aliment miqdori aliment toʻlovchining oylik ish haqiga va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlar hisobida yoki pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilanishi mumkin.

Aliment toʻlashi shart boʻlgan ota-onaning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi doimo bir xilda boʻlmay, oʻzgarib tursa yoxud daromadining bir qismini natura tarzida oladigan boʻlsa, shuningdek daromaddan ulush tarzida aliment undirish imkoniyati boʻlmasa yoinki ota-ona rasman belgilangan ish haqi yoki daromadga ega boʻlmasa, voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun toʻlanishi lozim boʻlgan aliment miqdori har oyda pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilanishi mumkin.

Yangiyoʻl tuman adliya

boʻlimi boshligʻi v.v.b.                                              

O.Satimov