Янгиликлар
Xodim ishga bir kun kelmasa ishdan chetlatishga asos boʻladimi?
Xodim ishga bir kun kelmasa ishdan chetlatishga asos boʻladimi?
Ishdan chetlanish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xodimni oʻz xizmat vazifalaridan, lavozimidan chetlatish, vaqtincha ishga qoʻyilmaslikdan iborat.
Ishdan chetlatish ish beruvchining buyrugʻi (farmoyishi) bilan yoki vakolatli organning qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ishdan chetlatish sodir etilgan gʻayriqonuniy xatti-harakat uchun yoki yuz berishi ehtimoli boʻlgan koʻngilsiz oqibatlarning oldini olish maqsadida qoʻllaniladigan majburlov chorasidan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 113-moddasida ishdan chetlashtirish asoslari belgilangan boʻlib unga koʻra, xodimni ishdan chetlashtirishga, qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, yoʻl qoʻyilmaydi.
Alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsiridan mastlik holatida ishga kelgan xodim shu kuni (smenada) ishga qoʻyilmaydi.
Xodim majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlagan yoki oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari boʻyicha tibbiy komissiya tavsiyalarini bajarmagan taqdirda, ish beruvchi uni ishga qoʻymaslikka haqlidir.
Xodim ishdan chetlashtirilgan davrda unga ish haqi hisoblanmaydi.
Xodim ish beruvchining aybi bilan gʻayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirilganda xodimga yetkazilgan zararni Menhnat kodeksda nazarda tutilgan tartibda toʻlash majburiyati ish beruvchiga yuklatiladi.
Oʻrta Chirchiq tuman adliya boʻlimi
yetakchi maslaxatchisi O.Satimov