Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Konstitutsiya-oʻzi nima?


Konstitutsiya-oʻzi nima?

 

KONSTITUTSIYA – lotincha soʻzdan olingan boʻlib; -tuzilish, tuzuk maʼnolarini anglatadi.

Konstitutsiya-davlatning asosiy qonuni.

U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, saylov tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirish tartibini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi.

Konstitutsiya- barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanib, davlatchilik belgisidir.

Konstitutsiyalar yuridik va faktik tushunchalarga ega boʻlib, bir biridan farq qiladi.

Yuridik Konstitutsiya - ijtimoiy munosabatlar doirasini tartibga soluvchi maʼlum huquqiy normalar tizimi hisoblanadi.

Haqiqiy (faktik) Konstitutsiya esa — shunday munosabatlarning oʻzi, yaʼni real mavjud munosabatlardir.

Shuningdek, Konstitutsiya – shakl jihatidan, kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga boʻlinadi.

Shundan, Kodekslashtirilgan Konstitutsiya — konstitutsiyaviy xususiyatga ega barcha asosiy masalalarni tartibga soluvchi bir butun yozma hujjat hisoblansa, ayni oʻsha masalalar bir necha yozilgan hujjatlar bilan tartibga solinsa, u holda Konstitutsiya kodekslashtirilmagan hisoblanadi.

Aralash turdagi Konstitutsiya parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar va sud pretsedentlari bilan birga, odatlar va nazariy sharxlarni ham oʻz ichiga oladi, yaʼni qisman yozilgan boʻladi.

Bundan tashqari, Konstitutsiya oʻzgartirish kiritish usuli boʻyicha yumshoq va qattiq turlarga boʻlinadi.

Shundan, yumshoq Konstitutsiya - oʻzgartirish oddiy qonun qabul qilish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin.

Qattiq Konstitutsiya - maxsus takomillashtirilgan tartibda yaʼni parlament aʼzolari ovozining malakali koʻpchiligi, baʼzan esa referendum oʻtkazish, tuzatishlarni muayyan miqdordagi federatsiya subyektlari tomonidan ratifikatsiyalab oʻzgartirilishi mumkin.

Konstitutsiyalar - Amal qilish muddatlari boʻyicha doimiy va muvaqqat turlarga boʻlinadi.

Konstitutsiyaga rioya qilinishini nazorat qilish Oliy sud yoki Konstitutsiyaviy sud zimmasiga yuklanadi.

Umuman olganda, Konstitutsiya –atamasi qadimgi Rim davlatida vujudga kelgan boʻlib, Amir Temur “Tuzuklari” Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Oʻrta Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli taʼsir oʻtkazgan.

 

         Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

         yetakchi maslahatchisi                                                 N. Anarqulova