Янгиликлар
Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yish tartibini bilasizmi?
Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yish tartibini bilasizmi?
Bugungu kunda, mamlakatimizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va shaxslarning huquq va erkinliklarini ro'yobga chiqarish hamda ularning huquqlari buzilmasligi borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164-moddasiga asosan mulk huquqi shaxsning o'ziga qarashli mol-mulkka o'z xohishi bilan va o'z manfaatlarini ko'zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o'zining mulk huquqini, kim tomonidan bo'lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.
Shunga asosan, O'zbekiston Respublikasining “Er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yish tartib-taomillari to'g'risida”gi qonuni qabul qilindi .
Mazkur Qonun maqsadi jismoniy va yuridik shaxslarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli bo'lgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini (bundan buyon matnda
yer uchastkasi deb yuritiladi) kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yish tartib-taomillarini belgilashdan iborat.
Jumladan, yer uchastkalarini quyidagi maqsadlarda kompensatsiya evaziga olib qo'yish jamoat ehtiyojlari deb e'tirof etiladi:
mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni, erkin savdo zonalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko'rsatishi uchun yerlar berish;
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
foydali qazilmalar konlarini qidirish va qazib olish (bundan keng tarqalgan foydali qazilmalar konlari mustasno);
respublika ahamiyatiga hamda mahalliy ahamiyatga molik avtomobil va temir yo'llarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya ob'ektlarini hamda aviatexnika markazlarini, temir yo'l transporti ob'ektlarini, ko'priklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika va aloqa tizimining muhandislik ob'ektlari hamda tarmoqlarini, kosmik faoliyat ob'ektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini qurish (rekonstruktsiya qilish);
tasdiqlangan aholi punktlari bosh rejalarining obyektlarni O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qurishga oid qismini bajarish;
davlat investitsiya dasturlarida ko'rsatilgan davlat ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat va tibbiy-ijtimoiy xizmat ko'rsatish muassasalarining binolari hamda inshootlarini markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan qurish nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish.
Yer uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qo'yilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yish sifatida talqin etish taqiqlanadi.
Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yish tartib-taomillarining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
mulk huquqining ustuvorligi;
xususiy mulkning daxlsizligi;
ochiqlik va shaffoflik;
kompensatsiyaning kafolatlanganligi.
13-modda. Ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismid belgilangan maqsadlarda loyiha va ishlarni amalga oshirish uchun maqbul boshqa yer uchastkasi mavjud bo'lmaganligi tufayli yer uchastkasini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yishga (bundan buyon matnda yer uchastkasini olib qo'yish deb yuritiladi) zarurat va asos mavjud bo'lgan taqdirda, tashabbuskor asoslantiruvchi materiallarni tayyorlaydi. Bunda yashash uchun yaroqsiz bo'lgan, shu jumladan jisman eskirganligi, avariya holatida ekanligi tufayli yashash uchun yaroqsiz bo'lgan uylar va turar joylar (bundan moddiy madaniy meros ob'ektlari mustasno), foydalanilmayotgan ob'ektlar (imoratlar, inshootlar) joylashgan yer uchastkalari birinchi navbatda aniqlanadi, bunday yer uchastkalari aniqlanmagan taqdirda esa boshqa yer uchastkalari tanlanadi.
14-modda. Ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida belgilangan maqsadlarda loyihalarning amalga oshirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish, shuningdek yer uchastkalarini olib qo'yish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, loyihani amalga oshirish bo'yicha tegishli tashabbus va asoslantiruvchi materiallar manfaatdor davlat organlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
15-modda. Kompensatsiyaning dastlabki miqdori aniqlangan kundan e'tiboran besh ish kuni ichida asoslantiruvchi materiallar kompensatsiyaning dastlabki miqdori ko'rsatilgan holda tashabbuskor tomonidan kelishish uchun kuzatuv kengashiga kiritiladi.
Kuzatuv kengashi tashabbuskorni va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashini, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklarini qabul qilingan qaror to'g'risida yozma ravishda xabardor qilish vositasida asoslantiruvchi materiallarni o'n ish kuni ichida kelishish yoxud kelishishni rad etadi.
Asoslantiruvchi materiallarni kelishish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, kuzatuv kengashi huquq egalariga beriladigan kompensatsiyaning dastlabki miqdoriga teng bo'lgan summadagi pul mablag'larini zaxira qilib qo'yadi.
16-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari kuzatuv kengashining yozma roziligi olinganidan keyin uch ish kuni ichida asoslantiruvchi materiallarni kuzatuv kengashining yozma roziligi bilan birgalikda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga, mahalliy Kengashga ko'rib chiqish uchun kiritadi.
Yer uchastkasini olib qo'yish bo'yicha tashabbusning ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan jamoat ehtiyojlariga muvofiqligi hamda yer uchastkasini olib qo'yish bilan bog'liq kutilayotgan sarf-xarajatlarning oqilonaligi masalasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, mahalliy Kengashning asoslantiruvchi materiallar kiritilganidan keyin chaqiriladigan navbatdagi ochiq majlisida dastlabki tarzda ko'rib chiqiladi.
Ochiq muhokama o'tkazish to'g'risidagi qarorda quyidagi masalalarga baho berilishi kerak:
yer uchastkalarini olib qo'yish bo'yicha tashabbusning ushbu Qonun 4-moddasining talablariga muvofiqligi haqidagi;
ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida belgilangan maqsadlarda loyiha va ishlarni amalga oshirish uchun maqbul boshqa yer uchastkasi mavjud emasligi to'g'risidagi;
yashash uchun yaroqsiz bo'lgan, shu jumladan jisman eskirganligi, avariya holatida ekanligi tufayli yashash uchun yaroqsiz bo'lgan uylar va turar joylar (bundan moddiy madaniy meros obektlari mustasno), foydalanilmayotgan ob'ektlar (imoratlar, inshootlar) joylashgan yer uchastkalarini birinchi navbatda aniqlashga, bunday yer uchastkalari aniqlanmagan taqdirda esa boshqa yer uchastkalari tanlanishiga doir talablarga rioya etilganligi to'g'risidagi;
yer uchastkasini olib qo'yish bilan bog'liq holda kutilayotgan sarf-xarajatlarning oqilonaligi haqidagi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qo'yish bo'yicha tashabbusni dastlabki tarzda ko'rib chiqishga doir majlislari ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq o'tkaziladi.
18-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qo'yish bo'yicha tashabbusni rad etish to'g'risidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi:
yer uchastkasini olib qo'yish bo'yicha tashabbus ushbu Qonunning 4-moddasi talablariga muvofiq bo'lmaganda;
ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida belgilangan maqsadlarda loyiha va ishlarni amalga oshirish uchun maqbul boshqa yer uchastkasi mavjud bo'lganda;
yashash uchun yaroqsiz bo'lgan, shu jumladan jisman eskirganligi va avariya holatida ekanligi tufayli yashash uchun yaroqsiz bo'lgan uylar va turar joylar (bundan moddiy madaniy meros obyektlari mustasno), foydalanilmayotgan ob'ektlar (imoratlar, inshootlar) joylashgan yer
uchastkalarini birinchi navbatda aniqlashga doir talablarga rioya etish yuzasidan choralar ko'rilmaganda;
agar olib qo'yish uchun taklif etilayotgan yer uchastkalaridan tashqari ushbu modda birinchi qismining to'rtinchi xatboshisida ko'rsatilgan yer uchastkalari aniqlangan bo'lsa;
yer uchastkasi olib qo'yilishi munosabati bilan sarf-xarajatlar kutilayotgan natijaga erishish uchun nooqilona bo'lganda;
kuzatuv kengashining yozma roziligi mavjud bo'lmaganda.
19-modda. Ochiq muhokama o'tkazish to'g'risidagi qaror qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni ichida tashabbuskorga va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboriladi.Ochiq muhokama o'tkazish to'g'risidagi qaror kelib tushgan kundan keyingi ish kunida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shuningdek mazkur davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida to'liq hajmda e'lon qilinishi kerak.
21-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qo'yish to'g'risidagi qarori loyihasi yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ijobiy xulosa berilgan taqdirda, mazkur qaror loyihasi tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, mahalliy Kengashning navbatdagi yig'ilishida ko'rib chiqiladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qo'yish to'g'risidagi qarori loyihasi yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan salbiy xulosa berilgan taqdirda, qaror loyihasini Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, mahalliy Kengash ko'rib chiqishi uchun kiritish taqiqlanadi.
23-modda. Quyidagilar kompensatsiya qilinadi:
- olib qo'yilgan yer uchastkasida joylashgan ko'chmas mulk ob'ektlarining bozor qiymati;
- olib qo'yilgan yer uchastkasiga bo'lgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalariga bo'lgan ijara huquqi mustasno);
- olib qo'yilgan yer uchastkasida joylashgan ko'p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
ko'chish, shu jumladan boshqa ko'chmas mulk ob'ektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog'liq xarajatlar;
- yer uchastkasidan va unda joylashgan ko'chmas mulk ob'ektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo'lgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko'chmas mulk obyektlari bo'shatib qo'yilgan paytdan e'tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar bo'lgan, biroq bir yildan ortiq bo'lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo'lgan foyda hisobga olinadi);
- huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.
Yer uchastkasi olib qo'yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko'chmas mulk bozor qiymatining besh foizi miqdorida bir martalik to'lov amalga oshiriladi.
Mazkur qonun qabul qilinishi natijasida mamlakatimizda mulkdorlarning qonun bilan qo'riqlanadigan mulklari daxsizligi yana bir bor ta'minlandi.
Tuman adliya bo'limi
boshlig'i v.b. O.Satimov