Янгиликлар
Yurtimizda “Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni va “Oʻz kasbining ustasi” belgisi taʼsis etildi
Yurtimizda “Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni va “Oʻz kasbining ustasi” belgisi taʼsis etildi
Joriy yilning 29-noyabrida Hukumat tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshayotgan, oʻzining bilimi va salohiyati hamda yuqori darajadagi kasbiy mahorati bilan boshqalarga namuna boʻlayotgan soha xodimlari mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida 681-sonli qarori qabul qilinib, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida “Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni va “Oʻz kasbining ustasi” belgisi taʼsis etildi
Mazkur qarorga asosan ➖“Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni bilan – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan hamda sohada kamida 15 yil mehnat stajiga ega fuqarolar taqdirlanadi.
Shuningdek, ➖ “Oʻz kasbining ustasi” belgisi bilan – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat koʻrsatayotgan muhandis, elektromontyor, kabelchi, pochtachi, antennachi-machtachi, operator, feldyeger kabi ommaviy kasb egalari sohani rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.
Mazkur “Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni hamda “Oʻz kasbining ustasi” belgisi har yili 7-may – aloqa sohasi xodimlarining kasb bayrami arafasida topshiriladi hamda taqdirlanganlarga BHMning toʻrt yarim baravari (1 mln 350 ming soʻm) miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Ushbu koʻkrak nishoni va belgi bilan bir shaxs bir marta mukofotlanadi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi N. Anarqulova