Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Olis hududlarda ishlovchi xodimlarning huquqlari Prezident qarorida


Olis hududlarda ishlovchi xodimlarning huquqlari Prezident qarorida

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4940-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislar mehnatini yanada ragʻbatlantirish, boʻsh ish oʻrinlarini toʻldirish hamda joylarda malakali kadrlarning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutgan.

Shunga asosan, 2021-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-son Farmoniga muvofiq, olis hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda — byudjet tashkiloti) boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislarga (keyingi oʻrinlarda — oliy maʼlumotli mutaxassislar) bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlangʻich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi;

Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq olis va chekka hudud deganda, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar tushunilishi koʻrsatib oʻtilgan.

Jumladan qarorga asosan quyidagilar belgilangan:

- qarorda nazarda tutilgan boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi soliq toʻlovchining jami daromadiga kiritilmaydi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining soliq solish obyekti hisoblanmasligi:

- mazkur qarorda nazarda tutilgan boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi hamda uy-joy sharoitini yaxshilash boʻyicha imtiyozlardan oliy taʼlim muassasasining bakalavriati yoki magistraturasini (taʼlim shaklidan qatʼi nazar — kunduzgi, sirtqi, kechki, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik) tamomlaganidan keyin uch yil mobaynida olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari, shu jumladan tibbiyot muassasalariga ishga kirgan bitiruvchilar foydalanish huquqiga ega ekangili hamda har oylik pul kompensatsiyasi oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ishga qabul qilingan oydan boshlab 36 oy mobaynida toʻlanadi, bunda xodim ushbu hududda shaxsiy uy-joyga ega boʻlganda, unga xizmat turar joyi berilganda yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, pul kompensatsiyasi toʻlash toʻxtatiladi;

- oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi har oylik pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik uchun kommunal xizmatlar qiymatisiz amaldagi xarajatlar summasini koʻrsatgan holda, tegishli byudjet tashkiloti rahbariga ariza beradi. Bunda, uy-joy ijarasi uchun haqiqatda toʻlanayotgan toʻlov bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan kam boʻlgan taqdirda, har oylik pul kompensatsiyasi miqdori haqiqatda toʻlanayotgan toʻlov miqdoriga muvofiq kamaytiriladi, qolgan barcha holatlarda har oylik pul kompensatsiyasi bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida toʻlanadi;

- har oylik pul kompensatsiyasi uning miqdorini koʻrsatgan holda, tegishli byudjet tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi hamda ushbu tashkilot buxgalteriyasi tomonidan ish haqi bilan birgalikda toʻlanishi belgilangan.

Shuningdek, Qarorga muvofiq 2021-yil 1-martdan boshlab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinsin. Bunda:

- bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

- boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar toʻlansin.

Qarorga asosan, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglar jalb qilinadi hamda bu haqida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati Xalq taʼlimi vazirligi hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi va joriy yilda 15-fevralgacha, kelgusi yillarda esa har yili 1-sentyabrga qadar Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi koʻrsatib oʻtilgan.

Bundan tashqari, boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham toʻlanishi belgilangan.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari va (yoki) tibbiyot muassasalarida oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimiga boʻlgan ehtiyoj boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari yuzasidan maʼlumotlarni har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-kuniga qadar rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borishi, yosh mutaxassislarga faoliyat yuritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarishi hamda boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislarga va (yoki) tibbiyot xodimlariga tegishli hududlardagi zaxira yerlarlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishini nazoratga olinishi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga asosan olis hududlarda ishlovchi oliy maʼlumotli mutaxassislarga va (yoki) tibbiyot xodimlariga yetarlicha shart sharoitlar yaratilishinig asosiy maqsadi, yoshlarni bilimli qilish va aholini turli qatlamlarini bir xil sharoitda hayot kechirishini taʼminlashdan iboratligini koʻrishimiz mumkin.

                                                                                

                                                                                Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

boshligʻi v.v.b. O.Satimov