Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Xammurapi – qonunlari va konstitutsiyalar.


Xammurapi – qonunlari va konstitutsiyalar.

Konstitutsiya tarixiga nazar solsak, u jahon sivilizatsiyasi jarayonida shakllanib kelganiga guvoh boʻlamiz. Insoniyat taraqqiyot bosqichlarida doimo muloqot qilish, birga yashash uchun qonun-qoidalarga muhtoj boʻlgan. Shu bois, buning uchun zarur boʻlgan qonun-qoidalarni ishlab chiqishga harakat qilgan.

Insoniyat tarixida oʻtgan buyuk shaxslar turli qonun-qoidalar muallifi boʻlgan. Ushbu hujjatlar aksariyat hollarda qoida, qonun maqomini olgan

                Masalan, Xammurapi—Amorey qabilasidan boʻlib, milloddan avvalgi 1792-1750-yillarda Bobil podshosi boʻlib oʻtgan.

Xammurapi podsholigi davrida Bobil davlati ravnaq topgan. U mohir siyosatchi va sarkarda boʻlib, harbiy kuch va diplomatik yoʻl bilan oʻz podsholigining dastlabki 35 yilida Ossuriya, Mesopotamiyaning janubiy . va oʻrta kismini Bobilga tobe ettirib, podsho hokimiyatining mustahkamlanishi jarayonini oʻstirgan.

Xammurapi podsholigi davridagi qonunlari quldorlik tuzumi huquqining xarakterli belgilarini oʻzida aks ettirgan boʻlib, 282 moddadan iborat boʻlgan. Sud protsessi, mulk huquqi, mulkning turli koʻrinishlari, yerga egalik, nikoh, oila, meros huquqi va boshqa masalalarni oʻz ichiga olgan.

Unda xususiy mulkchilik, ayniqsa, quldorlik qattiq himoya qilingan boʻlib, - qulni oʻgʻirlaganlik, qochgan qulni yashirganlik uchun oʻlim jazosi belgilangan.

Shuningdek, Kimnidir qotillikda ayblab, buni isbot qilolmagan odamning oʻzi, biror jinoyat uchun sudda guvohlik bergan odam oʻz soʻzini isbotlab berolmasa, oʻlimga hukm qilingan.

Xuddi shuningdek, agar sudya asossiz ravishda oʻzi chiqargan hukmni bekor qilsa yoki oʻzgartirsa, oʻz lavozimidan ozod qilingan va jarima toʻlagan.

Bundan tashqari, Xammurapi qonunlarida - agar farzand oʻz otasini ursa, uning qoʻli kesilgan, agar kimdir boshqa birovning koʻzini oʻyib olsa, uning ham koʻzi shu tarzda oʻyilgan, hamda agar kimdir boshqa birovning qoʻlini sindirsa, uning ham xuddi oʻsha qoʻli sindirilgan.

Qonunlariga koʻra, oila muqaddas sanalib, agar kimdir oʻz xotiniga moxov kasalini yuqtirsa, bu ayolidan voz kechishi mumkin emas boʻlib, aksincha, bir umr shu ayoli bilan birga yashashga va uni boqishga majbur boʻlgan.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                                              N. Anarqulova