Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Hamma davlatlar ham oʻz konstitutsiyasiga egami


Hamma davlatlar ham oʻz konstitutsiyasiga egami

 

Har bir davlatning oʻz boshqaruv tizimi mavjud boʻlib, tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, 1787-yili Filadelfiyada qabul qilingan AQSH konstitutsiyasi hajm jihatidan eng kichik – 4400 soʻzdan iborat boʻlishiga qaramay qabul qilingandan buyon oʻtgan ikki asrdan oshiqroq vaqt mobaynida bor-yoʻgʻi 27 ta oʻzgartish kiritilgan. Shuning 10 tasi “Inson huquqlari haqida bill” deb nomlanadi. AQSH konstitutsiyasining ilk matnida asosiy eʼtibor federal davlat tuzilishiga qaratilgan boʻlib, inson huquqlariga oid normalar deyarli yoʻq edi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari demokratik davlat sifatida maʼlum va mashhur boʻlsa-da, uning konstitutsiyasida “demokratiya” soʻzi qoʻllanmagan.

“Demokratiya” soʻzi xalq hokimiyati maʼnosini bildiradi. Oʻzbekiston konstitutsiyasining 7-moddasida “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” deyilgan. Bu soʻzlar demokratik taraqqiyot yoʻlini tanlagan, inson huquqlarini oliy qadriyat deb bilgan Oʻzbekiston xalqining ulugʻ maqsadlarini ifodalaydi

Aslida undan oldin qabul qilingan konstitutsiyalardan biri dunyodagi eng kichik davlatlardan biri – San-Marino (hamma tomondan Italiya hududi bilan oʻralgan) Respublikasining 1600-yilda qabul qilingan kodifikatsiya qilinmagan asosiy qonuni boʻlib, Fuqarolar huquqlari deklaratsiyasi va San-Marino davlat tuzilishining asosiy tamoyillari ushbu tarixiy hujjatning tarkibini tashkil etadi.

Sharq mamlakatlarida diniy taʼlimot, xususan, islom dini koʻrsatmalari, shariat qoidalari konstitutsiya vazifasini ham bajarib kelgan. Bundan tashqari, ulugʻ ajdodimiz Yusuf Xos Xojibning “Qutadgʻu bilig” (“Saodatga bosh lovchi bilim”) asarida davlat, jamiyat va inson oʻrtasidagi munosabatlar qanday boʻlishi lozimligi teran yoritilgan.

Shuningdek, sohibqiron Amir Temurning “Temur tuzuklari” bu borada bebaho siyosiy, huquqiy, maʼrifiy qoʻllanma boʻlib, undagi koʻpgina gʻoyalar bugungi kunga qadar oʻz ahamiyatini yoʻqotmay, davlat boshqaruvida asosiy vosita sifatida qoʻllanib kelinmoqda.

Bundan tashqari, hajm jihatidan eng katta konstitutsiya Hind xalqi mustaqillikka erishganidan ikki yil oʻtib yaʼni 1949-yil 26-noyabrda qabul qilingan Hindiston konstitutsiyasidir.

Ushbu konstitutsiyasi 395 ta modda, 12 ta yirik ilova, 117400 ta soʻzdan iborat. Bu huquqiy hujjat qabul qilingandan buyon 500 dan oshiqroq oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilgan, 80 ta yangi modda qoʻshilgan, qariyb 20 ta modda bekor qilingan.

Hindiston konstitutsiyasida inson huquq va majburiyatlari yaxlit holda berilmay, juda koʻplab moddalar mazmuniga singdirib yuborilgan.

Shu bilan bir qatorda, dunyo mamlakatlari orasida konstitutsiyaga ega boʻlmagan mamlakatlari ham bor. Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiya konstitutsion qonunchilik rivojlangan demokratik davlatlar boʻlsa-da, konstitutsiya deb nomlanuvchi yaxlit huquqiy hujjatga ega emas. Buyuk Britaniyada konstitutsiyaviy huquqlar parlament qabul qiladigan qonunlarda oʻz aksini topadi. Bu yerda 1689-yildayoq “Xabeas korpus akti” qabul qilingan edi.

Anglo-sakson huquq oilasining muhim institutlaridan biri boʻlgan “Xabeas korpus akt” ham dastlab milliy huquqda paydo boʻlib, soʻngra xalqaro darajada umumeʼtirof etilgan hujjat sifatida tan olingan inson huquq­larini sud orqali himoya qi­lishga oid jahon mamlakatlari qonunchiligining fundamental asosini tashkil etishi bilan birga ushbu soha rivoji yoʻlida oʻziga xos yangi davrga asos solgan.

Alohida qayd etish kerakki, zamonamizda konstitutsiyasi mavjud boʻlmagan davlatlarning borligi barchani ajablantirsa kerak. Buyuk Britaniya, Kanada, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, San-Marino, Isroil, Liviya davlatlarning konstitutsiyasi kodifikatsiya qilinmagan boʻlib, hukumat boshqaruvi yagona qonun hujjati bilan emas, balki, maʼlum bir hujjatlari jamlanmasiga asoslanadi.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                                                 N. Anarqulova