Янгиликлар
Transport boshqaruvchi xaydovchi “xodimlar”ga yangilik
Transport boshqaruvchi xaydovchi “xodimlar”ga yangilik
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida transport xodimlari uchun alohida modda, yaʼni 500-modda ajratildi.
Bunga koʻra, transport xodimlari ishga qabul qilinish chogʻida dastlabki va ish jarayonida, yaʼni davriy majburiy tibbiy koʻriklardan oʻtishi aniq qilib belgilab qoʻyilmoqda.
Lekin asosiy yangilik, 500-moddaning 4-qismida turibdi, yaʼni:
“transport xodimlariga transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ishda oʻrindoshlik asosida ishlashga ruxsat etilmaydi”.
Shunday qilib, kelasi yil 30-apreldan boshlab transport vositalarini yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqaradigan ishlarda oʻrindoshlik asosida ishlash taʼqiqlanadi.
Nurafshon shahar YUXKM bosh yuristkonsulti Sh.Abduvaliyev