Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Bola tarbiyalayotgan ayollar uchun mehnat qonunchiligidagi kafolatlar


Bola tarbiyalayotgan ayollar uchun mehnat qonunchiligidagi kafolatlar

Mehnat qonunchiligida 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollardan tashqari, 12 yoki 14 yoshga toʻlmagan (16 yoshga toʻlmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan ayollarga ham ayrim kafolatlar koʻrsatilib qoʻyilgan.

14 yoshga toʻlmagan bitta va undan ortiq bolani (16 yoshga toʻlmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolgʻiz ota, yolgʻiz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolgʻiz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik taʼtillar, ularning xohishiga koʻra yoz vaqtida yoki ular uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda beriladi.

Homilador ayollarni va 14 yoshga toʻlmagan bolasi (16 yoshga toʻlmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu bilan birga homilador ayollarni va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona va bolaning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.

Homilador ayolning, 14 yoshga toʻlmagan bolasi (16 yoshga toʻlmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob aʼzosini parvarish qilish bilan band boʻlgan shaxsning iltimosiga koʻra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilashga majburdir.

12 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam boʻlmagan muddat bilan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.

12 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollarga ularning xohishiga koʻra, har yili 14 kalendar kundan kam boʻlmagan muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda taʼtil beriladi. Bunday taʼtil yillik taʼtilga qoʻshib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda undan alohida (toʻliq yoxud qismlarga boʻlib) foydalanilishi mumkin.

 

Nurafshon shahar adliya bolimi yetakchi maslahatchisi B.Fozilbekov