Янгиликлар
Nikohni FHDYO tomonidan bekor boʻlish tartibi qanday?
Nikohni FHDYO tomonidan bekor boʻlish tartibi qanday?
Oila kodeksining 42-moddasi talablariga binoan, agar er-xotinning voyaga yetmagan bolalari boʻlmasa, ular oʻzaro, yaʼni ikkisi ham rozi boʻlsalar, nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratilishi mumkin.
Agar er-xotin oʻrtasida:
—mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy taʼminot berish toʻgʻrisida;
—yoki ularning umumiy mulki boʻlgan mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisida kelishmovchilik, yaʼni nizo boʻlgan taqdirda ajrim fhdyo orqali iemas sud orqali boʻladi.
Shuningdek,Oila kodeksining 43-moddasida er yoki xotinning biri tomonidan beriladigan ariza boʻyicha ham FXDYO ajratib qoʻyishi mumkin boʻlgan holatlar koʻrsatib oʻtilgan.
Agar er-xotindan biri:
—sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa;
—sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa;
—sodir qilgan jinoyati uchun 3 yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa, oʻrtada voyaga yetmagan bolalari borligidan qatʼi nazar, er-xotindan birining arizasiga koʻra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi.
Agar taraflar oʻrtasida bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini boʻlish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga taʼminot berish uchun mablagʻ toʻlash haqida nizo mavjud boʻlsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.
Nurafshon shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi E.Eshonqulov