Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Ota-onalik huquqini cheklash


Ota-onalik huquqini cheklash

Ota-onalik huquqining cheklanishi Oila kodeksining 83-moddasiga muvofiq, voyaga yetmagan bolaning, uning otasi yoki onasini ota-onalik huquqidan mahrum qilmasdan turib faqat sudning hal qiluv qarori asosan uni ota-onasidan yoki ularning biridan olib qoʻyilishi hisoblanadi.Bundan maqsad, sudning bunday qarori asosida bolaning manfaatini koʻzlagan xolda, ota yoki onaning voyaga yetmagan bolasini shaxsan oʻzi tarbiyalashi huquqini cheklab qoʻyishi mumkin.

Bunga quyidagilar sabab deb koʻrsatilishi mumkin:bolaning otasi yoki onasining ruhiy kasalligi, surunkali kasallikga chalinganligi, ularning birining xulq-atvorida bola tarbiyasiga taʼsiri boʻlganda, hayoti uchun xavfli va xatarli sharoitlar vijudga kelganda bolani ota yoki ona bilan qoldirish xavfli hisoblanib ota-onalik xuquqini cheklashga yoʻl qoʻyiladi.

Ota-onalk huquqini cheklash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish va hal qilish uchun sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilish huquqi voyaga yetmagan bolaning yaqin qarindoshlari bobosi buvisi aka-ukasi va opa–singillari tomonidan hamda maktabgacha taʼlim-tarbiya, umumtaʼlim muassasalari va voyaga yetmagan bolalar huquqlarini himoya qilish majburiyati qonun bilan zimmalariga yuklatilgan boshqa organlar va muassasalar, shuningdek prokuror tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Eslatma:Ota-onalik huquqining cheklanishi ota-onani bolaga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Ota-onaning har ikkalasi ham ota-onalik huquqi cheklangan taqdirda, voyaga yetmagan bola tegishli tartibda joylashtirish uchun vasiylik va homiylik organiga beriladi.

Oila kodeksining 83-moddasida ifoda etilgan ota-onalik huquqini cheklash uchun zarur boʻlgan asoslar va holatlarga barham berilganligi aniqlangan taqdirda sud tartibida koʻrib chiqilib hal qiluv qarori chiqarib bekor qilinishi mumkin.

Nurafshon shahar adliya bo’limi boshlig’i I.Xatamov