Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Bankda hisob raqami ochish tartibi


Bankda hisob raqami ochish tartibi

Siz hisob-kitob va bank xizmatlarini koʻrsatish uchun bankni mustaqil tanlash hamda bir yoki bir nechta banklarda milliy va chet yel valyutasida hisobraqamlar ochish huquqiga yegasiz.Milliy yoki chet yel valyutasida hisob raqami ochish uchun Ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjat shaxsan mijoz tomonidan bankka topshiriladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi olib qolinib, asli qaytariladi.

Bankka hisob raqami ochish uchun siz va bank oʻrtasida shartnoma tuziladi. Bank hisobraqam shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak, Shartnomaning bir nusxasi mijozga beriladi.Shartnoma tuzish uchun kerakli hujjatlarni bankka taqdim qilgan holda shartnoma tuzilgandan keyin sizga bank 1 ish kuni ichida hisob raqam ochib berishi lozim.

Eslatma: Hisob raqami ochganlik uchun toʻlov undirilmaydi

Siz banklarda quyidagi hisobraqamlar ochishingiz mumkin:

Jamgʻarma depozit hisobraqami - bu mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamgʻariladigan va shu maqsad uchun yoʻnaltiriladigan yohud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablagʻlar hisobi yuritiladigan hisobraqam. Jamgʻarma depozit hisobraqamda saqlanadigan mablagʻlar uchun bank va mijoz oʻrtasida tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan miqdorda foizlar toʻlanadi.

Muddatli depozit hisobvaragʻi - shartnomada qatʼiy kelishilgan muddatga qoʻyilgan mijozlarning mablagʻlari hisobi yuritiladigan hisobraqam. Bankda foiz yevaziga pullar muddatli omonatga qoʻyilganda, mazkur hisobraqam ochiladi.

Ssuda hisobvaragʻi -belgilangan tartibda mijozlarga berilgan kreditlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq.

Talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi-mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki oʻtkazib beriladigan mablagʻlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Odatda oylik ish haqi koʻchirib beriladigan plastik kartochlar uchun talab qilib olguncha depozit hisobvaragʻi ochiladi.

Nurafshon shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimi B.Jumaboyev