Янгиликлар
Mulk huquqiga oid bir qator cheklovlar bekor qilindi
Mulk huquqiga oid bir qator cheklovlar bekor qilindi
“Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–198-son, 24.08.2022-y.) qabul qilindi.
Farmon bilan quyidagi tartiblar, talablar va cheklovlar 2022-yil 1-sentyabrdan bekor qilindi:
- yerga boʻlgan huquqlardan foydalanishda:
▫️erga boʻlgan huquqning vujudga kelishiga asos boʻlgan hujjatlarni bekor qilish orqali yerga boʻlgan huquqni tugatish, mazkur hujjatlar faqat sud tomonidan bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi mumkin;
▫️erdan ixtiyoriy voz kechishni Hukumat yoki hokimlik qarorlari bilan rasmiylashtirish (ixtiyoriy voz kechish toʻgʻrisida notarial tasdiqlangan ariza huquqlni bekor qilish uchun asos boʻladi);
▫️yuridik shaxs tugatilishi bilan uning yeriga boʻlgan huquqlarini bekor qilish;
▫️erni jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishda kompensatsiya sifatida davlatning boshqa koʻchmas mulkini berish, bunda koʻp kvartirali uylardagi turar joy berilishi mumkin;
- turar joyga boʻlgan mulkiy huquqlarni amalga oshirishda:
▫️turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlmaganlarni doimiy roʻyxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish;
▫️sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab 3 yil oʻtgach natura shaklida talab qilib olish.
2023-yil 1-yanvardan Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimi (UZKAD) koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reestri va unga oid maʼlumotlar yuritiladigan, maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi hisoblanadi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi yetakchi mutaxassisi Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich