Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Farzandlikka olish rasmiylashtirish tartibi


Farzandlikka olish rasmiylashtirish tartibi

 

         Chinoz tuman FXDYO bulimida 2022-yil 9 oy davomida 10 ta farzandlikka olish haqidagi sudinig xal qiluv qarorlari ijro etilgan va yang tugilganlik xaqida guvoxnomalar berilgan.

Sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab oʻn kun ichida FHDYO organi farzandlikka olingan bolaning tugʻilishi qayd etilgan dalolatnoma yozuviga zarur oʻzgartirishlar kiritishi lozim.

Farzandlikka olishni rasmiylashtirish uchun FHDYO organiga sudning hal qiluv qaroridan koʻchirma, farzandlikka olinuvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi, shuningdek farzandlikka oluvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim etiladi. Farzandlikka oluvchilar ikki yoki undan koʻp bolani bir vaqtda farzandlikka olgan hollarda har bir bola uchun alohida sudning hal qiluv qarori taqdim etilishi, agar ushbu masalada sud tomonidan bitta hal qiluv qarori qabul qilingan boʻlsa, mazkur hal qiluv qarorining nusxalari farzandlikka olinayotgan bolalarning soniga mutanosib miqdorda taqdim etilishi hamda har bir qarorga alohida kirim va ijro haqida belgi qoʻyilishi lozim.

 

 

 

 

 

 

 

Ukibayeva Shoxida Jurayevna

Chinoz tuman FXDYO bulimi 1-toifali inspektor