Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Qurilish obyektlarini roʻyxatga olishdan foydalanishga qabul qilishgacha boʻlgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi


Qurilish obyektlarini roʻyxatga olishdan foydalanishga qabul qilishgacha boʻlgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi

“Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayonning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–425-son, 17.11.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan tegishli davlat dasturlari va loyihalari doirasida obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi.

Hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatiladi.

Har chorakda viloyat, tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qurilish sohasida korrupsiya va qonun buzilishi holatlarining oldini olish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilikka axborot berib borilishi taʼminlanadi.

2023-yil 1-yanvarga qadar qurilish obyektlarini roʻyxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha boʻlgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi.

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida 2023-yil 1-yanvarga qadar Dasturlar va Loyihalarning roʻyxatlarini yuritish, ularga kiritiladigan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar aks ettiriladi.

Shuningdek, qarorga koʻra, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi

D.Gamletov