Янгиликлар
Yangi import avtomobillarni istalgan shaxs tomonidan sotishga ruxsat beriladi.
Yangi import avtomobillarni istalgan shaxs tomonidan sotishga ruxsat beriladi.
"Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoni (PF–244-son, 09.11.2022-y.) qabul qilindi.
Farmon bilan davlat tomonidan tadbirkorlikni tartibga solishning cheklangan vositalari belgilandi.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish vositalari faqat normativ-huquqiy va texnik normativ hujjatlar asosida joriy etiladi.
Bunday hujjatlarda belgilanmagan tartibga solish vositalari huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
2023-yil 1-yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:
▫️tadbirkorlar ustav fondini kamaytirishga oid qaror toʻgʻrisida kreditorlarni yozma xabardor qilish va OAVda eʼlon berish;
▫️yangi import avtomobillarini faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlari tomonidan sotish;
▫️elektrni shartnomadagi hajmdan koʻp ishlatgan yuridik shaxslarga elektr yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyish;
▫️YATT tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali soliq organlarida alohida hisobga qoʻyish.
2023-yil 1-martdan:
soliq toʻlovchilarga sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qarorlar ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi;
▫️barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali tijorat xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat beriladi;
▫️ Hukumat qarorlari bilan amalga oshiriladigan summasi BHMning 3 500 baravari va undan koʻp davlat xaridlari boʻyicha buyurtmalar toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
▫️ vazirlik, idora, muassasa va uning tarkibidagi tashkilot oʻrtasida qiymati BHMning 3 500 baravari va undan koʻp tovarlarning toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinishi taqiqlanadi.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuristkonsulti
D.Nurullayev