Янгиликлар
Hukumat qarori (650–son, 08.11.2022-y.) bilan “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari toʻgʻrisida” Nizom tasdiqlandi.
Hukumat qarori (650–son, 08.11.2022-y.) bilan “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari toʻgʻrisida” Nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari har bir mahallada tashkil etiladi va yuridik shaxs hisoblanmaydi. Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida bandligi taʼminlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million soʻmgacha davlat granti ajratiladi. Davlat granti quyidagi toifadagi xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitish, ularning bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga koʻmaklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi: “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan;
▫️ ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan;
▫️ xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan;
▫️ nogironligi boʻlgan mehnatga layoqatli ishsiz;
▫️ norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, daromad topayotgan;
▫️ odam savdosidan hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan;
▫️ umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalarini tugatgan, OTMga oʻqishga kira olmagan yoki oliy taʼlimda oʻqish uchun imkoniyati boʻlmagan ishsiz xotin-qizlar;
▫️ muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik roʻyxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti A.Teshaboyev.