Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

MASOFADAN TURIB ISHLOVCHI CHET ELLIKKA VAQTINCHA MEHNATGA LAYOQATSIZLIK NAFAQASINI TOʻLASH MUMKINMI


MASOFADAN TURIB ISHLOVCHI CHET ELLIKKA VAQTINCHA MEHNATGA LAYOQATSIZLIK NAFAQASINI TOʻLASH MUMKINMI

«Chet elda yashovchi va masofadan turib ishlaydigan shtatdagi хodim betob boʻlib qoldi va shu sababli «kasallik varaqasini ochmoqchi». Aytingchi, bu holatda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi qanday ochiladi va tegishli nafaqa qanday toʻlab beriladi?»

Amaldagi Mehnat kodeksiga koʻra

 

Amaldagi Mehnat kodeksida (1995-yil) mehnat munosabatlarining «masofaviy ish» kabi turi koʻzda tutilmagan. Demak, unda chet elda doimiy yashovchi хodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlash tartibi ham nazarda tutilmagan.

Agar хodim chyet elda vaqtincha boʻlgan vaqtda kasallangan yoki davolangan boʻlsa va unda bu haqda hujjat boʻlsa, u ushbu hujjatning davlat yoki rus tiliga tarjimasini notarial tasdiqlashi kerak. Shundan soʻng хodim notarial tasdiqlangan hujjatni yashash yoki ish joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrachlik maslahat komissiyasiga (VMK) taqdim qilishi kerak. Komissiya mehnatga layoqatsizlikni tasdiqlovchi asoslarni koʻrib chiqib, mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtiradi. Uning asosida ish beruvchi хodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlaydi.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Farxod Abdixakimov